Lumo Lift white qomatni to‘g‘rilash va fitnes-trekeri
09.12.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Lumo Lift insonni o‘zini ishonchli his etishi va tashqi qiyofasi shunday ko‘rinishiga yordam beradi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tо‘g‘ri qomat inson salomatligining garovidir. Бundan tashqari, Lumo Lift yurish va yugurish harakatlarini nazorat qiladi hamda tavsiyalar beradi, bu insonga oddiy usullar yordamida, yanada faol va sog‘lom turmush tarzini kechirish, shuningdek, doim tetik qiyofada bo‘lishga ko‘maklashadi.

Lumo Lift inson qadamini, har kuni sarflanadigan kaloriyasining miqdorini o‘lchaydi, shuningdek, belni qancha vaqt tik tutib turgan va bukchayib yurganligini ko‘rsatadi. PowerUp funksiyasiga vibratsiya kiritilgan, inson bukchayishga boshlashi bilan u orqali belni tik tutish haqida eslatib qo‘yadi. Xohlagan inson mazkur funksiya ma’lumotlarini o‘chirib qo‘yishi va Lumo Lift app mobil ilovasi yordamida inson tanasi/qomati holatini kuzatishi mumkin.

Mazkur jajji gadjet o‘lchami: kengligi 25,5 mm va uzunligi 46 mm.dan iborat to‘rtburchak tugmacha shaklida bajarilgan. Devaysning qalinligi bor-yo‘g‘i 7 mm. Lumo Lift batareyasining quvvati 5 kunga yetarli bo‘ladi. Quvvat qurilmasi uning jamlanmada taqdim etilgan. To‘liq quvvat bilan ta’minlanishi uchun 2 soat kerak bo‘ladi. Lumo Lift boshqariladigan magnitli moslama bilan kiyimga mahkamlanadi. Gadjetdan istalgan joyda, funksionalligi o‘zgarmagan holda foydalanish mumkin. Undan zamonaviy bezak(aksessuar) sifatida kiyimga mahkamlash yoki kiyim yoqasiga taqinchoq kabi taqish mumkin. Lumo Lift to‘g‘ri o‘tirish, belni to‘g‘ri tutish va ishonchli qiyafada his etishga yordam beradigan qayta aloqaning bir necha turlarini taqdim etadi. Kun mobaynida, devays muntazam ravishda, har foydalanuvchiga muvofiq g‘oya va tavsiyalar bilan push-xabar jo‘natadi. Lumo Lift app mobil ilovasi Apple iOS qurilmasining ishlashi uchun mo‘ljallangan. Ilova har doim Android 4.3  +   smartfonlar va planshetlar ulanishi mumkin boladi. Lumo Lift quyidagi: Apple iPhone 4S,5,5S,5C,6,6Plus,iPod Touch (5-avlod), iPad (3 va 4 avlod), iPad mini/Retina/3, iPad Air/Air2 qurilmalariga muvofiq keladi; Android 4.3 va boshqa operatsion tizimiga, Samsung Galaxy S3 va S4, Nexus 4, Nexus 5, HTC One hamda Motorola G optimallashgan variantlari uchun mos keladi.

Manba: www.madrobots.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq