Ilmiy-izlanishlarga xizmat qiluvchi “VALLY 2” roboti
09.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Keyingi yillarda sun’iy ongga ega robotlarning ishlab chiqilishi va hayotga joriy etilib borayorganligi haqida ko‘p eshitmoqdamiz. Ular inson kundalik hayotida, ish faoliyatida hamda xavfli vaziyatlarda odam uchun murakkab bo‘lgan sharoitlarda yaxshi yordamchiga aylanib bormoqda.  2016-yilda TATU talabasi va magistri Umrbek Nuraddinov va Shoxruh Begmatov tamonidan yaratilgan “VALLY 2” roboti ham shular jumlasidandir.

«VALLY 2» robotining asosiy maqsadi bu — insonlar uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdir, ya’ni zararlangan, inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan hududlarga ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat. Masalan: Inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlar, zaharli radiaktiv moddalar mavjud bo‘lgan hududlarda nurlanish darajasini aniqlash yoki kutilmagan joylar, metro bekatlarida qoldirib ketilgan sumka, quti kabi turli narsalar ichida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan portlovchi moddalar bo‘lishi mumkun. Ana shunday favqulotda vaziyatlarda bu robot masofadan turib, uning kameralari orqali online tarzda, kuzatish hamda ularni zararsizlantirish imkonini beradi. Agar zararlantira olinmagan taqdirda ham insonlar hayotini asrab qolish mumkin. Robot simsiz ochiq joylarda 3 km radius uzoqlikgacha ma’lumotlarni almashib masofadan boshqarish imkoniyati mavjud. Robot ikkita jyostik (kompyuter o‘yinlari uchun mo‘ljallangan qurilma) yordamida 30dan ortiq buyruqlarni bajara oladi va bir vaqtning o‘zida o‘ndan ortiq buyruqlarni bajarish qobuliyatiga ega.

ELEKTRO motorlar «VALLY 2» ikkita bo‘yin qismi, ya’ni yuqo­riga-pastga chapga-o‘ngga qarash uchun ma’lum darajalarga aniq bora oladigan motor, ikkita qo‘li uchun har bir qo‘liga uchtadan, umumiy 6ta taktli motor va yurish qismi uchun ikkita kuchli reduktorlarga ega bo‘lgan motor, qo‘lidagi barmoqlari uchun ikkita servo motordan foydalanilgan. Robot asosiy manbai ikkita 12 volt 8 amperli akkumuliator batareyasi ketma-ket ulanib, 24 volt 8 amperli asosiy manba qilib foydalaniladi, robot bir martalik zaryadi bilan 3–4 soat ilmiy ishlarni olib borishi mumkun.

Robotning bosh qismi yengil bo‘lishi uchun plastikdan tayyorlangan. Uning har bir ko‘ziga 64ta ko‘k rangli svetadiod o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy soni 128tani tashkil etadi. Uning ko‘zlari avtanom rejimda har tarafga qarab, o‘z vaziyatini o‘zgartirib turadi, hattoki, ko‘zini ochib-yumadi va bosh qismini ko‘zlari vaziyatiga qarab, harakatga keltiradi. Robotning ko‘zlarini past qismiga o‘rnatilgan sensor oldindagi to‘siqni sezish va uni aylanib o‘tish uchun o‘rnatilgan. Hozirda robotni bosh qismidagi sensor oldida biror to‘siq bo‘lsa, robot ko‘zlarini yumib olib, bosh qismini to‘siq yo‘q joyga qayiltirib oladi. Robotning bosh qismiga o‘rnatilgan kamera masofadan turib, online tarzda kuzatish uchun o‘rnatilgan.

Tana qismi — tana qismi oddiy plastik qismdan tashkil topgan bo‘lib, uning yelka qismiga joylashtirilgan qo‘llari tananing pastki qismi bilan maxsus bolt-gaykalari yordamida mahkamlangan. Ushbu tana qismining ichiga asosiy platalar, har bir qo‘li uchun maxsus drayverlar, akkumuliyator, yurish qismi uchun maxsus platalar joylashtirilgan.

Yurish qismi — tananing pastgi qismi robotni to‘liq ko‘tarib yurish uchun maxsus rezina g‘ildiraklar va kuchli reduktorli ikkita motor bilan ta’minlangan. Past qismidagi kamerasi robot oldidagi to‘siqlarni ko‘rish hamda ularni aylanib o‘tishni ta’minlaydi.

Robotning qo‘l qismi — har bir qo‘lida maxsus reduktorli 24 volt kuchlanishda ishlaydigan ikkitadan motor o‘rnatilgan, ya’ni birinchisi bilakni chapga, o‘ng tononga burish bo‘lsa, ikkinchisi tepa va pastga harakatlantirish uchun mo‘ljallangan. Qo‘lining uchida esa barmoqlarga o‘xshab yasalgan plastik tutqich uchun 12 volt kuchlanishda ishlaydigan 180 gradusli servo motori o‘rnatilgan, bu biror-bir narsani ushlash uchun mo‘ljallangan. Qo‘l qishmining asosi metal profilda o‘rnatilgan bo‘lib, turli og‘irlikdagi buyum­larni, to‘siqlarni olib tashlash uchun ishlatiladi. Ustki qoplami esa tashqi dizayn berish uchun penoplasdan shakl berilib, o‘rnatilgan.

Boshqarish pulti — maxsus ikkita kompyuter o‘yinlari uchun mo‘ljallangan jostiklardan foydalanilgan, chunki robotga beriladigan buyruqlarning ko‘pligi va uni boshqarish oson bo‘lishi uchun shu jyostiklardan foydalanilgan. Robotga beriladigan buyruqlar ushbu jyostiklar yordamida simsiz tarzda 433 Mhz diapazonda ishlaydigan radio modul bilan ta’minlangan. U ochiq maydonda 3 kilometrgacha masofada buyruqlarni jo‘natish va qabul qilish qobuliya­tiga ega.

Maxsus ovoz kuchaytirgichlar — Robotning tana qismiga o‘rna­tilgan ikkita ovoz kuchaytirgich (dinamik) mavjud. Birinchisi — tananing oldi tomoniga qaratib o‘rnatilgan, chunki operator bilan bo‘ladigan muloqotda keladigan ovozlar ana shu ovoz kuchaytirgich yordamida eshittiriladi. Ikkinchi ovoz kuchaytirgich esa qo‘shimch tarzda auks kabel yordamida robotni telefoningizga ulab, undan musiqa eshitish yoki ovoz kuchaytirgich qilib, foydalani­shingiz mumkun.

Barmoq izi sensori — robot ma’lum bir zararlangan hududga kirib borib, jabrlangan kimsaning shaxsini aniqlash uchun barmoq izi sensoridan foydalanishi mumkun va birinchi bo‘lib, uning oila a’zolari yaqinlariga xabar qilinadi. Robotning barmoq izi olingandan keyin ma’lumotlar robotni boshqarayotgan operator kompyu­teriga keladi va u yerda shaxs haqida pasport ma’lumotlari aks ettirilgan oyna chiqadi. Ushbu shaxs haqida ma’lumotlar albatta qutqaruv ishlari uchun maxsus baza orqali tegishli joylardan olinadi. Bunda barmoq izlari bazada shakllantirilgan bo‘lsagina shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rinadi. Ma’lumki, jahonda milliardlab odamlar yashaydi, biroq hech kimning barmoq izlari bir-biriga o‘xshamaydi. Shu boisdan ham barmoq izi sensori robotning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, Umrbek Nuraddinov va Shoxruh Begmatovlar tomonidan yaratilgan «VALLY 2» robotining amaliyotga joriy etilishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda katta ahamiyat kasb eti­shiga shubha yo‘q.

Mualliflar: Umrbek Nuraddinov, Shoxruh Begmatov, Saida Beknazarova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq