Oracle vakillari tashrif buyurishdi
07.12.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

7 dekabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Oleg Jukov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv muqaddimasida mehmonlarga mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, jumladan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga berilgan imtiyozlar xususida ma’lumot berildi.

Ikkitomonlama yaqin aloqalarni o‘rnatish, xususan «Oracle Academy» ta’limiy dasturi yordamida O‘zbekistonda yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, «bulutli» texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq