TATU da 1,6 mln dollarlik media-markaz ishga tushiriladi
06.12.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

6 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida qo’mita hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o’rtasida «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolandi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim qilinayotgan mazkur grant miqdori 187,9 mln yapon iyenasi (1,6 mln. AQSh dollar) ni tashkil qiladi.

Loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasining rivojlanish tendensiyalarini va jahonning bu borada peshqadam ta’lim muassasalari tajribasini hisobga olgan holda, teleradio sohasining bo‘lajak mutaxassislari uchun kompyuter, multimedia uskunalari bilan ta’minlangan zamonaviy ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv laboratoriyasi quriladi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi «Kino va tele operatorlik», «Maxsus yoritish texnologiyasi» yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarga nazariy bilimlaridan amalda foydalanish imkonini beradi, interaktiv o‘quv muhitining yaratilishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq