Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yoshlarining birinchi yalpi uchrashuvi
04.12.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yoshlarining birinchi yalpi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlar, kompaniyalarda mehnat qilayotgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 1,5 ming nafar yoshlar ishtirok etdilar. Sohaning hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalari tadbirda video-tarmoq yordamida qatnashdilar.

Yoshlar uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, jahon miqyosida kuchli raqobat, g‘oyaviy qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olayotgan bugungi davrda O‘zbekistonning ulkan boyligi hisoblangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda o‘z o‘rnini egallashlariga ko‘maklashish davlat siyosatining dolzarb maqsadiga ayolandi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan o‘rnatilgan hamkorlik axborot texnologiyalari sohasi yoshlarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, hayotiy va kasbiy qiziqishlari doirasida, ijtimoiy maqsadlari bo‘yicha uyushtirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan 30 ming nafardan ziyod xodimlarning 70 foizga yaqinini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning o‘rtacha yoshi 27 da. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan mazkur qatlamning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ilg‘or g‘oya-tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish, halol va samarali mehnat, ilmiy-ijodiy yutuqlarga ega yoshlardan iborat rahbar kadrlar zahirasini tayyorlash yuzasidan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ochiq muloqotda ta’kidlangani kabi, vazirlik soha yoshlarining tashabbuslari va harakatlarini, jamiyatimiz uchun foydali loyihalarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq