Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kadrlar tayyorlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va uning nufuzini ko‘tarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
01.12.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080-sonli farmoniga ko‘ra institutga “Universitet” maqomi berilib, “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti”ga aylantirilgan.

Hozirgi kunda universitetda 7 ta fakultetda jami 10432 nafar bakalavr, 316 nafar magistratura talabalariga 484 nafar professor-o‘qituvchilar nazariy va amaliy fanlardan bilim berib kelmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi o‘quv rejalari xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining (Koreya Respublikasining Inxa, Chung-Ang, Kukmin, Yongam, KAIST, Seul fan va texnologiyalar universiteti, Koreya Milliy transport universiteti va b.) ijobiy tajribalari asosida ishlab chiqildi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv rejalarining 60-70 foiz fanlari hamda magistratura mutaxassisligidagi o‘quv rejalarning 80-90 foiz yangi fanlarga almashtirildi. 2017-2018 o‘quv yilidagi o‘quv rejaga sanoat rivojlanishining 4-bosqichiga taalluqli bo‘lgan dasturlash va ma’lumotlar bazalarini yaratish, sun’iy intellekt tizimlariga doir 10 dan ortiq yangi fanlar kiritilgan.

2013-2017 yillar mobaynida TATU va filiallarining jami 115 nafar professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari (KAIST, Seul fan va texnologiyalar universiteti, Kyongxi universiteti, Sungsil universiteti, Chung-Ang universiteti, Inha universiteti, Yongnam universiteti)da malaka oshirdi.

TATU qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining o‘quv reja va fan dasturlari ham takomillashtirildi.

Janubiy Koreyaning Sungsil universitetidan 3 nafar professor o‘qituvchilar jalb etilib, 57 nafar TATU professor-o‘qituvchilari uchun 6 ta mutaxassislik fanlari bo‘yichamalaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida hozirgi kunda TATU va uning filiallarining 2 ta bakalavr, 22 ta magistrant va 9 ta doktorantlari xorijiy universitetlarda tahsil olishmoqda.
Xalqaro hamkorlik natijasida oxirgi yillarda jahon andozalari darajasida 16 ta o‘quv laboratoriyalari, 9 ta kompyuter sinflari, 4 ta markazlar – O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi, O‘zbek-Koreya axborot texnologiyalari markazi, O‘zbek-Koreya “Internet Plaza” markazi, “CISCO” mintaqaviy akademiyasi o‘quv markazi tashkil etildi.

Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi 500,0 ming AQSH dollari hajmidagi grant vositalari hisobidan modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Universitetda jami kompyuter texnikalari soni 1624 tani tashkil etadi. 1400 dan ortig‘i bevosita o‘quv jarayonida ishlatiladi. 1385 ta kompyuterlar lokal, Internet va korporativ tarmoqlarga ulangan. Kompyuterlar parkini yangilab turish maqsadida har yili mazkur texnik vositalar xarid qilinadi. 2017 yilda 250 ta yangi kompyuter texnikasi xarid qilindi.

2014-2015 o‘quv yillarda eng yirik loyihalar misolida ViewSonic interaktiv proyektorlari va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan multimedia sinfi, universitet va uning filiallarida “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikdakeyingi avlod tarmoqlarini o‘rganishga mo‘ljallangan 6 ta o‘quv laboratoriyalari (NGN tarmoqlari) tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbektelekom AK bilan birgalikda “CDMA-450”, “NGN keyingi avlod texnologiyalari”, mobil aloqa va optik aloqa tizimlari o‘quv laboratoriyalari, “Raqamli televideniya”, filiallardagi yangi o‘quv laboratoriyalar, ZTE, Huawei o‘quv laboratoriyalari va b. shular jumlasidandir.

2017 yilda Huawei kompaniyasining Markaziy Osiyoda birinchi axborot va tarmoq texnologiyalari akademiyasi ochildi va interaktiv o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi.

ZTE kompaniyasining “SmartClassroom” yangi interaktiv o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi.

TATU va filiallarini rivojlantirish bo‘yicha Janubiy Koreyaning KOIKA dasturi doirasida moliyalashtiriladigan 7,9 mln. AQSH dollari va Yaponiyaning JICA dasturi bilan moliyalashtiriladigan 1,5 mln. AQSH dollarlik loyihalar ustida xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Yaponiya bilan mazkur hamkorlik doirasida talabalarning televizion texnologiyalar sohasida laboratorya va amaliy mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga mo‘ljallangan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan O‘quv Media markazi qurilib, jihozlar olib kelinmoqda, ishga tushish arafasida.

Universitet axborot-resurs markazining umumiy fondi 322 mingdan ziyod adabiyotlardan iborat bo‘lib, ulardan o‘quv adabiyotlari fondi – 194 ming dona, ilmiy adabiyotlar fondi – 100859 dona, elektron adabiyotlar fondi – 13 ming ortiqdir. Ingliz tilidagi xorijiy o‘quv adabiyotlari fondi 16 ming donani tashkil etadi. Axborot-resurs markazi faoliyatiga IRBIS va ARMAT kabi 2 ta elektron dastur joriy etilgan. Bibliografik yozmalarning umumiy soni 42752 donani tashkil etadi. ARM fondida 58 ta doktorlik dissertatsiyalari elektron nusxasi mavjud. TATU foydalanuvchilari www.dilib.uz va www.natlib.uz saytlarining resurslaridan foydalanishlari mumkin. Talabalar ixtiyorida Internetga ulangan 70 ta kompyuterlardan tashkil topgan 3 ta elektron kutubxona mavjud.

SmartClassroom” yangi interaktiv o‘quv xonasi

ViewSonic interaktiv multimedia sinfi

Microsoft Intel o‘quv laboratoriya sinfi

Elektronika va sxemotexnika o‘quv laboratoriyasi

Sun Microsystems o‘quv laboratoriyasi

ZTE kompaniyasining tarmoq marshrutizatori, modemlar va u yordamida tashkil qilingan o‘quv laboratoriyalari

“Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining zamonaviy texnologiyalari” (ZTE kompaniyasi)

“CDMA-450 standartidagi mobil aloqa tizimlari” o‘quv laboratoriyasi (O‘zbektelekom AK “UzMobile” filiali)

Keyingi avlod tarmoqlari o‘quv laboratoriya sinfi

COSCOM (Ucell savdo belgisi) ning kommutatsiya stansiyasi jihozlari kompleksi “Mobil aloqa tizimlari” o‘quv laboratoriyasi

“Raqamli televideniye” o‘quv va ilmiy laboratoriyasi

Rangli televideniya standartlarini tadqiq qilish ilmiy laboratoriyasi

“Zamonaviy radiouzatish va radioqabul qilish tizimlari” o‘quv laboratoriyasi

Zamonaviy telekommunikatsiya uzatish tizimlari o‘quv laboratoriyasi

Videokonferensaloqa tizimi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq