Farxad Ibragimov “Mirzo Ulugbek Innovation Center”ga direktor etib tayinlandi
01.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazida kadrlar o‘zgarishi bo‘lib o‘tdi.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markaziga Farxad Ibragimov direktor bo‘ldi. Mazkur tayinlanishgacha Farxad Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga qarashli “Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” davlat unitar korxonasining direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 2017 yilning 30 noyabr kuni yangi rahbarni Innovatsion markaz xodimlariga tanishtirdi.

Olimjon Umarovning qayd etishicha, Farxad Ibragimov xususiy tarmoq bilan hamkorlikni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi.

Yangi direktorning asosiy vazifalaridan biri biznes muhitni yaxshilash yo‘li bilan axborot texnologiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, IT-sanoati eksportini ko‘paytirish bo‘ladi.

Innovatsiya markazining avvalgi rahbari Хurshid Sultanov, “Mirzo Ulugbek Innovation Center”da ishlashni davom ettiradi. U Markazning o‘quv muassasalari bilan hamkorligi uchun javob beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq