YIDXPning xizmatlari: Notarius huzuriga onlayn tarzda ro’yxatdan o’tish
30.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

YIDXP (My2.gov.uz)da aholiga qo’shimcha qulaylik yaratish, shuningdek, notarial idoralarda xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida notarius huzuriga yozilish uchun onlayn tarzda ro’yxatdan o’tish imkoniyati amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulay va aniq kelishilgan vaqtda uchrashuv o’tkazish imkoniyati beriladi.

Bu qanday ishlaydi?

Xizmatdan foydalanish uchun siz xizmat turi, sana, aniq vaqt, notarial idora va boshqalar haqida ma’lumotni o’z ichiga olgan onlayn shaklni to’ldirishingiz kerak.

Arizani olgan notarial idora xodimlari barcha murojaatlarni «Notarial harakatlarni amalga oshirish murojaatlarini ro’yxatga olish jurnali»da ro’yxatga olishlari kerak bo’ladi.

Ushbu Nizom Adliya Vazirining 2014 yil 30 dekabrdagi buyrug’i bilan tasdiqlangan davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini tartibga solish tartibi to’g’risidagi nizomda ko’zda tutilgan. Nizomga ko’ra, ariza beruvchi notarial idora tomionidan, murojaati kelib tushgandan so’ng ko’pi bilan bir ish kuni muddatida qabul qilinishi kerak.

Notariusni belgilangan vaqtda arizachi qabulga kelmagan holatda qabul umumiy kelishilgan holatda yoki qabul kunini qayta belgilash orqali amalga oshiriladi. Belgilangan vaqtni boshqa shaxsga tayinlash mumkin emas.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq