«Startap-Tashabbuslar» dasturining 12 ta jamoasi startaplarini «Demo Day»da investorlarga taqdim etdi
30.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid uch oylik dasturning yakuniy bosqichi shu yilning 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dasturning ikkinchi davri finaliga 19 ta jamoa muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, ulardan 12 tasi «DemoDay» maxsus tadbirida o‘z startap-loyihalarini salohiyatli investorlar hamda manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Yosh tadbirkorlar tomonidan yaratiladigan startaplarni shakllantirish va rivojlantirish yangi ilg‘or g‘oyalarni hosil qilish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini mustahkamlaydigan muhitni yaratish hamda mamlakatimizning innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi. Tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlarning ishtiroki ularning ijodiy salohiyati rag‘batlantirilishining innovatsion taraqqiyotini kuchaytirishga yo‘l ochadi.

O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi yoshlar innovatsion loyihalar yordamida mamlakat rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Xususan, “Startap-tashabbuslar” Dasturi O‘zbekistonda yoshlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va davlat sektori ko‘magida tashkil etilgan dastlabki g‘oya bo‘ldi. Dastur “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” loyihasi doirasida Savdo-sanoat palatasi va BMTTD tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi, Yoshlar ittifoqi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Janubiy Afrikaning «Sasol» kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Dastur oliy ta’lim muassasalarining talabalari va professor-o‘qituvchi tarkiblari uchun mo‘ljallangan. Joriy yilda dasturning ikkinchi davri o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlari qamrab olindi. Mamlakatning 57 ta oliygohidan kelib tushgan 419 ta arizadan ko‘p sonli tanlov saralashidan o‘tgan 40 ta loyiha ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Uch oylik dastur doirasida ishtirokchilar trekerlar (shaxsiy murabbiylar) rahbarligi ostida o‘z nazariyalarini sinovdan o‘tkazdilar, minimal ish modellarini yaratib, ularni amaliyotda tekshirib ko‘rdilar, maqsadli auditoriyani o‘rganib, tavsiyalarni oldilar, dastlabki “qo‘l” savdosini sinovdan o‘tkazib, loyihaning kamchiliklarini tahlil qildilar va uni takomillashtirdilar. O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar, jumladan, StartupFactory tashkilotchilari, MyTaxi, Paynet, LeBazar, Korzinka.uz asoschilari, O‘zbekistondan Amazon kompaniyasiga sotilgan birinchi startapning asoschisi, to‘lov tizimlarining mutaxassislari ma’ruzachilar, murabbiylar va trekerlar sifatida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Dastur ishtirokchilari «tejamkor startap» (LeanStartup) metodologiyasini izohlash, startapni rivojlantrish va muvaffaqiyatli biznesga aylantirish asoslarini o‘rganishga qaratilgan besh kunlik ish seminarida ishtirok etdilar. Shuningdek, qo‘shimcha tarzda biznesni ro‘yhatdan o‘tkazishning yuridik masalalari, soliqqa tortish va intellektual mulk muhofazasi masalalari, texnopark, innovatsion markaz va Yuksak texnologiyalar markazining imtiyozlari bo‘yicha to‘qqiz nafar ekspert ishtirokida mahorat maktablari tashkil etildi.

Amaliyotda eng yaxshi natijalarni namoyon eta olgan 19 ta loyiha dasturning final bosqichiga yo‘llanma oldi va ulardan 12 tasi investitsiyalarni jalb qilish yoki biznesni qo‘shma rivojlantirish uchun maxsus tashkil etilgan «DemoDay» tadbiri doirasida o‘z loyihalarini salohiyatli investorlar va bozorning mahoratli ishtirokchilariga taqdim etdilar.

“Startap-tashabbuslar” Dasturi O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi, shuningdek, BMTga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga oid Global tartibga muvofiq amalga oshirilmoqda. Qo‘llab-quvvatlash dasturi – yoshlarning g‘oyalarini muvaffaiyatli startaplarga aylantirishda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi va istiqbolli modelidir. O‘z navbatida, dasturning muvaffaqiyatga erishishi tarixi – yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va innovatsiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, tadbirkorlik madaniyatini ilgari surish va yoshlarni yangi g‘oyalar amalga oshirilishiga ko‘proq jalb qilish, va nihoyat shahsiy startaplarini ishlab chiqishlariga ko‘maklashishdir.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq