NIA vakillari bilan uchrashuv
30.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
29 noyabrda «Elektron hukumat» markazida Koreya Respublikasining Milliy Axborot Agentligining (NIA) Elektron hukumat Global akademiyasi direktori janob Myonxa Xong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaz rahbariyati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini, respublika miqyosida tashkil etilgan 194 “yagona darcha” markazlari hamda aholining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda NIA bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar, jumaladan O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirishdagi hamkorliklar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni kengaytirishga va o‘zaro tajriba almashishga kelishib olishdi.
- « LX Korea Land и Geospatial Informatrix Corporation bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kadrlar tayyorlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va uning nufuzini ko‘tarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar »