LX Korea Land и Geospatial Informatrix Corporation bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
30.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

28 noyabrda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Janubiy Koreyaning LX Korea Land and Geospatial Informatrix Corporation — yer va geohududiy axborot korporatsiyasi raisi (LX korporatsiyasi) raisi Pak Myong Shik boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Markaz rahbariyati tomonidan delegatsiya vakillariga O‘zbekistonda “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shu jumladan ishga tushirilgan 6 ta ma’lumotlar bazalari, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini haqida ma’lumotlar berildi.

Shu jumladan, Milliy geoaxborot tizimi (MGAT) yaratish yuzasidan olib borilgan ishlar xususida delegatsiya vakillari xabardor qilindi. Xususan, mazkur loyihani amalga oshirishda Koreya tajribasi hamda LX korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Koreya delegatsiyasi tomonidan mazkur sohada kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligi haqida fikr bildirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq