Huawei bulutli texnologiyalar asosida biznesga yangicha yondаshuvni taklif qilmoqda
29.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

MCHJ XK «Huawei Tech Investment Tashkent» ikkinchi bor bulutli texnologiyalar va hisob-kitoblarga bag’ishlangan «Uzbekistan Cloud Summit 2017: Reshape Business with the Cloud» sammitini o’tkazadi. Sammitning asosiy maqsadi – O’zbekiston bozoriga biznesni isloh qilishda so’nggi avlod yuqori texnologiyalaridan foydalangan holda yangicha yondoshuvni taklif etishdir.

Bulutli texnologiyalarning ushbu sammiti bulutli industriya va AKT istiqbollarini shakllantirishga ko’maklashish uchun sohaning eng obro’li va ahamiyatli ishtirokch ilarini birlashtiradi.

Bu yilgi sammitning maqsadi – mobil operatorlar, vertikal tarmoq yetakchilari va global konsultantlarni birlashtirib, batafsil muzokaralar olib borish, O’zbekistonda AKT-sanoatning barqaror o’sishini tezlashtirishga yangi yo’llarni ochish va bulutli texnologiyalar bilan birga rivojlanish uchun samarali hamkorlik qilishga ko’maklashishdan iborat.

«Bu yil bulutli texnologiyalar sammitida o’ndan ziyod mavzular qamrab olinib, tarmoqning obro’li ishtirokchilari, hamkor tashkilotlar, yakuniy foydalanuvchilar, xalqaro va mahalliy IT-konsultantlar, operatorlar bilan birgalikda diskussiya o’tkazilishini e’lon qilish biz uchun sharaf. Ishtirokchilar O’zbekiston bulutli bozorining imkoniyatlari, IDCning bulutli texnologiyalarga oid global prognozi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lib, o’z biznesi uchun Microsoftdan qanday bulutli texnologiyalar usullarini olish mumkinligini bilib olish, FileCloud, uning bulutli infratuzulmasi va ekotizimi haqida bilimga ega bo’lish, bulutli servislar operatorlari daromadning yangi manbaalarini qanday olishi, shuningdek, chet ellik va mahalliy ma’ruzachilarning qiziqarli nutqlarini tinglashlari mumkin», — deya izoh berdi Huaweining O’zbekistondagi bosh direktori Van Pen.

Bulutli industriya va AKT juda tez rivojlanayotganini hisobga olib, sammitda qimmatli va foydali ma’lumotlar, yetuk ekspertlar va shu sohaning mintaqa va dunyodagi vakillari bilan tajriba almashishlar bisyor bo’ladi. «Uzbekistan Cloud Summit 2017» e’tiborga loyiq sohaning muhim voqeasi hisoblanadi.

Texnologiyalarning muhim takomillashuvidan biri sifatida bulutli hisoblashlar IT resurslardan foydalanish usulini o’zgartirib yubordi. Bultli texnologiyalar korxonalar, ayniqsa kichik va o’rta korxonalarga texnologik innovatsiyalar afzalliklarini olishning ancha yengil va moslashuvchan usulini ta’minlaydi. Bulutli hisoblash texnologiyasi AKT tarmog’i rivojini tezlashtirishga sezilarli yordam berishi shubhasiz. O’zbekistondagi korxonalar raqamli o’zgarishlarni shu texnologiyadan foydalanib amalga oshirmoqda va uni yaqin kelajakda qadriyatlar yaratish bosqichiga olib chiqish niyatida. Huawei «Bulut» mijozlarga doimiy ravishda qadriyat yaratishga ko’maklashsagina gullab-yashnaydi, deb hisoblaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq