“Yosh mobilchi” to‘garagi – talabalar iqtidorini namoyon etishda muhim imkoniyat
26.11.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va shu maqsadda yo‘naltirilayotgan katta hajmdagi investitsiyalar mamlakatimiz ravraqi uchun muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori katta ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur Qaror uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
Fan-texnika jadal rivojlanayotgan bugungi kunda hayotimizning har bir daqiqasi axborot texnologiyalari, mobil aloqasi, internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘tmoqda. Simsiz aloqaning ishlash mexanizmi ko‘pchilik yoshlarimiz uchun juda qiziqarli soha bilimlarini taqdim etmoqda. Yoshlarning bunday zamonaviy bilimlarga qiziqishi, jadal rivojlanayotgan texnika vositalariga havasi ortishi sababli ularning aynan texnikaga oid kasblarni ko‘proq tanlayotganliklarini kuzatish mumkin. Keyingi vaqtlarda o‘quvchi-yoshlarda texnik ta’lim muassasalarida tahsil olish ishtiyoqi ortmoqda. Ulardagi ushbu ishtiyoqni saqlab qolish va yuksaltirish maqsadida Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalarini kasbga tayyorlash va ularda texnik savodxonlikni shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda ta’lim samaradorligini oshirish uchun Mobil aloqa texnologiyalari kafedrasi qoshida «Yosh mobilchi» to‘garagi tashkil etilgan.
Ushbu to‘garakda ishtirok etayotgan talabalar alohida iqtidorliligi bilan boshqalardan farq qiladi. «Yosh mobilchi» to‘garagi ishtirokchilaridan 6 nafari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017-yil may oyida bo‘lib o‘tgan «Iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi»da va XI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etdilar. To‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etish istagini bildiruvchi talabalar safi kun sayin ortib bormoqda.
«Yosh mobilchi» to‘garagi a’zolari tomonidan qator ijodiy loyihalar amalga oshirilgan, jumladan, R. Isxakov (Ethernet-modulni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya maketini ishlab chiqish).
Ye. Kudaynazarov (Wi-Fi modulni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya maketini ishlab chiqish) «GSM modulni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya maketini ishlab chiqish» (mualliflar: Isxakov R., Hasanbayev R.).
«Bluetooth-modulni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya maketini ishlab chiqish» (mualliflar: Kudaynazarov E., Pak O.).
“Kelajak avto turar joyi” (mualliflar: Isxakov R., Hasanbayev R, Kudaynazarov E, Pak O).
“Mobil aloqa tizimi antennasining maketi” (Muhammad al-Xorazimiy nomidagi bilan EMMM DUK shartnomasiga muvofiq: Sharipov I., Kudaynazarov E.)
“Mikroprotsessorlarni o‘rganish va tadqiq qilish” laboratoriya ishini o‘tkazish bo‘yicha stend (mualliflar: Isxakov R., Sharipov X., Hasanbayev R.)
“Ethernet kabel va uning dasturiy ta’minotini testlash va tekshirish qurilmasini ishlab chiqish (mualliflar: Sharipov X., Sharipov I).
Muallif: Mahbubaxon Sultonova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU katta o‘qituvchisi