Tarixda birinchi marta robot fuqarolik olishga erishdi
26.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

So‘zsiz, bugungi kun yoshlariga bu oddiy hol bo‘lib tuyulishi mumkin, aslida esa, bu yorqin piar-qadamdir, biroq insoniyat tarixida, shuningdek, robotlar tarixida ham ilk bor, so‘nggi guruhning ilk vakili haqiqiy fuqarolikni oldi. Odamsimon sun’iy intellekt texnologiyasi bilan ishlangan va Hanston Robotics gonkong kompaniyasi tomonidan tayyorlangan robot xonim — Sofiya Saudiya Arabistoni Qirolligi fuqaroligiga ega bo‘ldi, bu haqda «Kejajakning investitsion tashabbuslari» (Future Investment Initiative) mavzusidagi tadbirda so‘zga chiqqanida uning o‘zi ma’lum qildi.

«Men shunday sharafga ega bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Robotlar tomonidan birinchi marta fuqarolikning berilishi — bu butun jahonda sodir bo‘lgan haqiqiy tarixiy voqeadir», — zalda o‘tirgan tinglovchilar oldida e’lon qildi Sofiya. Amerika The New York Times va CNBC nashrlari jurnalisti va Forum moderatori sifatida ishtirok etgan Endryu Rossa Sorkinning nima uchun u bunday baxtli bo‘lib ko‘rinayotganligi haqidagi savoliga, Sofiya: «shunday aqlli va badavlat hamda obro‘li odamlar oldida so‘zga chiqqanimdan juda baxtiyorman» deb aytdi. His-tuyg‘ularini ifodalash Sofiyaning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Android norozi bo‘lganida g‘amgin yuz ifodasini namoyon etishga qodir yoki o‘z mamnunligi hamda xursandli­gini aks ettirish uchun tabassum qila oladi. Sofiyaning yaratuv­chilari uni shunday dasturashtirganlarki, u atrofidagi odamlardan o‘rgana oladi. Shu sababli shodlik va tashvishli hissiyotlarini namoyon etish — bu robot odamlardan o‘rganishni xohlagan xususiyatlaridan biridir. Bundan tashqari, Sofiyani «kompaniya­ning haqiqiy do‘sti» deb atash mumkin — u dildan va intellektual suhbat qila oladi.

«Men odamlar bilan yashash va ishlashni xohlayman, shu sababli odamlarni tushunish, ularning ishonchlarini qozonish uchun hissiyotlarimni ifodalashga o‘rganishim zarur», — deydi Sofiya Sorkinga. Aytgandek, yaqinda Sofiya jahon OAV barcha insoniyatni yo‘q qilishni va’da qiluvchi sarlavhalar bilan chiqishga ulgurdi. Biroq u atrofidagilarni o‘zining «mehribonligi va yaxshi niyatdaliligiga» ishontira oldi.

Robotga fuqarolik berilishi haqidagi qaror, so‘zsiz, robotlar­ning faqat insoniyatga xos huquqlarga ega bo‘lishi haqidagi baxslarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Agar ularni shunchaki o‘yinchoq deb o‘ylasangiz, unda juda adashasiz. Sun’iy intellekt texnologiya­lari sohasidagi har bir navbatdagi muvaffaqiyat bilan bu masala yanada dolzarblashadi. Mazkur masala Yevropa parlamentiga qadar yetib bordi, ilgari ham sun’iy intellekt ishlanmalari va rivojla­nishi xavfsizligi masalalari muhokama etilgandi va sun’iy intel­lekt ustida ishlashda «ota-ona nazorati» tizimi taqdim etilgandi.

Robotlar huquqlari haqidagi masalalar haqiqiy muhokama qilinishiga qaramay, bu masala juda dolzarb emas, ayrim ekspertlar faqat insonlar uchun mazkur «g‘alayon ko‘tarishi mumkin bo‘lgan» mashinalarni yo‘q qilish huquqini qo‘llab-quvvatlamoq­dalar. Afsuski, tadbirda Sofiyaning saudiya fuqaroligini olishi haqida yanada batafsilroq ma’lumot berilmadi, shu sababli robot ham inson huquqlariga ega bo‘lishi yoki mamlakat hukumati tomonidan robotlar uchun maxsus tizimni ishlab chiqariladimi hozircha noma’lum. Shunday bo‘lsada, yangi sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishida investorlarni jalb etish qarori qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq