Swift Curriculum Apple yordamida dasturchilarning yangi avlodi yetishib chiqishi mumkin
26.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

AQSHda 20ta universitet Appledan Swift Curriculum dasturiga ulandilar. Bu bepul dasturchilikka o‘qitadigan dastur bo‘lib, uni kompaniya joriy yil may oyida ishga tushirgandi. Swift Curriculum yordamida Apple koderlarning yangi avlodini yetishtirish va bu bilan kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilish niyatida, yozadi Engadget.

AQSHda Swift Curriculum keng ommalashgan. Eng optimistik baholarga ko‘ra, joriy o‘quv yili boshidan boshlab yarim millionga yaqin o‘quvchi va talabaga saboq berishi lozim edi. Kurs 180 soat amaliy va nazariy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, unda tinglovchilar Swift dasturlash tilini o‘rganadilar. «Talaba va o‘quvchilar kursda dasturlash va to‘la funksional ilovalar ishlab chiqish, dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari sohasida muhim bilim hamda malakalarga ega bo‘lishga o‘rganadilar», — xabar beradi Apple kompaniyasi. Natijada o‘quv kursi juda ommaviylashgani uchunmi, yoki kadr muammosi haqiqatdan ham jiddiyligi uchunmi, har holda, Applening mazkur o‘quv kursini faqat AQSHdagina amalga oshirish kamlik qilmoqda. IT-gigantlardan bepul kurslar mamlakat chegarasidan chetga chiqa boshladi. Kompaniyada ma’lum qi­lishlaricha, o‘quv kursini hozircha jahonning 20ta universiteti bilan joriy etish haqida kelishuv imzolangan. Ular orasida Daniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar universitetlari ham bor. Qayerlardadir mazkur kurslar auditoriya­larda o‘tkaziladi, ayrim universitetlar esa onlayn-dasturni ishga tushirishni e’lon qilgan. Melburn Qirollik texnologiya instituti maktab o‘qituvchilari uchun yozgi ta’til davrida shunday kurslar tashkil etish va ularga maxsus stipendiyalar berilishini e’lon qilgan.

Kompaniya Swift dasturlash tilini tushunib, ishlay oladigan dasturchilarning yangi avlodini yetishtirishni rejalashtirgan. Buning uchun yuqori sinf o‘quvchilari va koding bilim va malakasiga ega bo‘lmagan talabalar uchun Swift Curriculumni yo‘lga qo‘ydi. Shu­ningdek, kichkintoy dasturchilar uchun — Swift Playgrounds dasturi ham mavjud. «Biz iloji boricha, ko‘proq odamlar uchun Everyone Can Code tashabbusini bir yildan kam vaqt mobaynida, kodi­rovkalashga o‘rgatish kabi yuksak maqsad bilan yo‘lga qo‘ydik. Dasturimiz amerika maktab va kollejlari orasida juda ommalashgan, bugungi kunda — xalqaro miqyosga chiqib, oldinga intilib, muhim qadam tashlamoqda», — deb yozgan Tim Kuk. Apple asoschilaridan biri ham odamlarni dasturlashga o‘rgatishni rejalashtirgan. Stiv Voznyak yangi «raqamli institut» — Woz U startapini yo‘lga qo‘ydi. Voznyakning so‘zlariga qaraganda, u IT-mutaxassislarini tay­yorlash, oddiy odamlarni texnologiyalardan va avtomatlashtirish sababli ish yo‘qotishdan cho‘chimaslikka o‘rgatishni niyat qilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq