Politsiya uchastkasi sun’iy intellekt bilan bоshqariladi
26.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoyning yirik shaharlaridan birida, yaqinda xodimlari mavjud bo‘lmagan politsiya uchastkasining ochilishi haqida ma’lum qilindi. Xitoyning moliyaviy nashri — Caijing Neicanda ma’lum qilinishicha, uchastkada haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish, pasport va boshqa davlat xizmatlaridan hujjatlar olish uchun ariza berish mumkin.

Robotlashtirilgan politsiya uchastkasi jinoyatchilarni izlash va huquq-tartibotni himoya qilish ishlarini emas, balki yo‘l harakati xavfsizligiga oid ba boshqa shu kabi ko‘plab boshqa funksiyalarni bajaradi. Jumladan, haydoychilik guvohnomasiga ega bo‘lish uchun Face ID da ro‘yxatdan o‘tib, kompyuter trenajorida imtihon topshirish mumkin.

Bugungi kunda Xitoyda — kompyuter o‘yinlaridan tortib, ijtimoiy kreditlar berish faoliyatlari bilan shug‘ullanadigan Tencent Xitoy IT-giganti tomonidan fuqarolarning autentifikatsiyasi uchun takomillashtirilgan, ishlab chiqilgan, yuzni skanerdan o‘tkazish texnologiyasidan foydalaniladi. Uning xizmatlaridan foydalanmoq­chi bo‘lganlar uchun ilgaridagi kabi navbatda turib, kutish va qo‘lda qog‘ozni to‘ldirib, ariza berishning hojati qolmaydi. Buni shunchaki uyda elektron hisob yozuvlarini amalga oshirib va login yara­tish uchun ilovani yuklab olish orqali amalga oshirish mumkin. Tencent algoritmi uchun insonlar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lish maqsadida yuzni skanerdan o‘tkazishning o‘zi kifoya. Shuningdek, Xitoyda davlat xizmatlarini to‘liq avtomatlashtirishga o‘tish g‘oyasi ustida ish yuritilayotganligi haqida gapirmoqdalar. Davlat xizmatlarini olish stansiyasi kunu-tun mobaynida ishlashi rejalashturilmoqda, fuqarolar alohida uskunalarda ishlashlari evaziga, veb-yechimlarga nisbatan ilovalar bilan ishlash yanada ishonchli va tezkor amalga oshishini ta’minlaydi. Odamlarda sun’iy intellekt kirib borayotgan sohalar sonining o‘sishi bilan ish o‘rnining kamayishidan cho‘chish holati yuzaga kelishi tushunarli. Biroq ba’zan odamlarning — ishga olish uchun eng munosib nomzodlarni, ayniqsa, davlat xizmatlariga mos nomzodlarning aniqlanishi oson emas ekanligini tan olish kerak, deb yoziladi nashrda. Edinburg Universiteti tadqiqotchilari «C.S.I.: Jinoyat joyi» detektiv seriali epizodlarini tomosha qilish asosida jinoyatchini aniqlashga qodir bo‘lgan algoritmni yaratdilar. Aslida, uning haqiqiy jinoyatchilikka qarshi ishlar sohasida qo‘llanilishi aniq bo‘lmasada, mazkur texnologiyadan inson nutqini va videoni taniy olish sohasini yaxshilash uchun foydalanmoqdalar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq