Ekzoskeletli Guardian GT roboti odamga super kuch bag‘ishlaydi
26.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Intellektual ekzoskeletlar inson tanasi kuchini ancha oshiradi va qurilish hamda ekstremal muhitli ishlarni bajarish uchun istiqbolli soha bo‘lib hisoblanadi. Sarcos Robotics kompaniyasi tomonidan yaratilgan operator uchun ekzoskeletli Guardian GT roboti fantastik filmlardagi og‘ir yuklarni ko‘taruvchi texnikalarni esga soladi.

Guardian Gtning ikki metrli qo‘li ajoyib egiluvchanligi va aniqligi bilan odamlar harakatlarini takrorlaydi, shu bilan birga, har bir qo‘li 225 kg.gacha yukni ko‘tara oladi, yana burilib, eng nozik predmetlar bilan harakatlana oladi. Ko‘pchlik zamonaviy ishlanmalar­ning muammosi shundaki, ular baribir, ayrim amallarni bajarishda insondan juda uzoqdalar. Robot juda kuchli bo‘lishi mumkin, biroq ularda epchillik yetishmaydi. Guardian GTda esa mazkur muam­moni hal eta oladigan ko‘plab ko‘rsatkichlari mavjud. Birinchidan, uning tanasi kinematik jihatdan inson tanasiga monand, bu shunchaki operator o‘z tanasining kattalashtirilgan nusxa­sini boshqaradi degani emas. Uning yelkalari va tirsagi, shuningdek, tirsak va panjalari orasidagi masofa aynan haqiqiy insonlarnikidek qilib ishlangan. Bu hattoki, tayyorgarlikdan o‘tmagan odamga ham intuitiv holda robot ishlashini boshqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Guardian GT taktil qayta aloqa xususiyatiga ham ega, shu sababli operator atrof-muhitni mashinaning qo‘li orqali his etadi. Bu manipulyatsiyalar sifatini ancha oshiradi: taktil qayta aloqa robot qo‘li inson qo‘li bilan aloqaga kirishganga, turli muruvvatlar yoki chiroq yoqish/o‘chirish moslamasi kabi hatto kichik obyektlarda ham seziladi. Guardian GT epchilligining yana bir sababi shundaki, uning qo‘l va oyoqlari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan, chetdan sotib olinmagan. Shuning uchun aynan mazkur rabot tizimi uchun atayin moslashtirilgan. Ko‘plab yuksak texnologik kompaniyalardan farqli ravishda, Sarcos Robotics mazkur sun’iy intellekti odamlarning ish joyini egallab olishiga ishonmaydi. Kompaniya bosh direktori — Ben Volfning ta’kidlashicha, inson miyasi Yer kurrasidagi eng kuchli protsessor bo‘lib qolaveradi, robot kuchi va insonga xos bilim va tajribasi, nazorat qilish xusu­siyatlarining muvofiqlashtirilishi eng ajoyib ish bo‘lgan bo‘lardi. Bunday hamkorlik istiqboli, ayniqsa, zaharli moddalar bilan ishlash va masalan, atom elektrostansiyalarida ahamiyatli bo‘lardi. Guar­dian GT uchun masofadan boshqarish rejimi xos bo‘gani evasiga u bunday sharoitlarda muvaffaqiyatli ishlay olishi mumkin edi.

Sarcos Robotics 1980-yildan protezlar ishlab chiqaruvchisi korxona sifatida ish boshlagan, keyinchalik esa umuman butun tana uchun ekzoskeletlar yaratishga kirishgan. 2007-yildan 2014-yilga qadar kompaniya Ratheyonning robototexnika sohasi­dagi bir bo‘lim sifatida faoliyat yuritgan, biroq keyin esa yana mustaqil ishlab chiqaruvchiga aylangan. Sarcosning boshqa loyihalari o‘rtasida — butun tanasini Guardian XO ekzoskeleti qoplab olgan, harbiy soha va sanoat uchun mo‘ljallangan Guardian S robot iloni mavjud. Ehtimol, kelajak ekzoskeletlari ovoz bilan boshqarilar. Bionik Laboratories bugungi kundayoq o‘z ishlanmalarida Alexa ovozli yordamchini joriy etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq