Ekzoskelet Ford kompaniyasi yig‘ish liniyalari mutaxassislari ishlarini yengillashtiradi
26.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ford kompaniyasi avtomobil yig‘ish liniyalari xodimlari uchun yaratilgan ajoyib ishlanma — maxsus ekzoskeletini sinovdan o‘tkazishga kirishdi. Yangilik EksoVest deb ataldi. Ushbu loyiha Ford kompaniyasi va Ekso Bionics kaliforniya firmasi tomonidan hamkorlikda yaratilgan.

Ekzoskeletning asosiy vazifasi qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, bajariladigan ish jarayonini yengillashtirishdan iborat. EksoVest bo‘yi 152dan 193 sm.gacha bo‘lgan odamlarga mos keladi. Ekzoskelet korjomasi ishchi-xodimning har bir qo‘liga og‘irligi 2,3dan 6,8 kg.gacha bo‘lgan turli predmetlarni ko‘tarishda yordam beradi. Ta’kidlashlaricha, ekzoskelet harakatlarni cheklamaydi, balki uning kichik og‘irligi va ixcham konstruksiyasi uzoq vaqt qulay ishlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda yangilik Ford kompaniyasining Qo‘shma Shtatlardagi ikki yig‘ish korxonalarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida uni Yevropa va Janubiy Amerikada testdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ford yig‘ish liniyalari mutaxassislarining har kuni takrorlanadigan ish jarayonlari charchoqni tez yuzaga keltiradi va jarohat olish ehtimolini oshiradi. EksoVest ekzoskeleti aynan mazkur muammolarni hal etishga mo‘ljallangan. Shuni ta’kidlash zarurki, Ford kompaniyasida boshqa innovatsion texnologiyalar ham joriy etilmoqda, bu mutaxassislar ishini yengillashtiradi va ish samaradorligini oshiradi. Shunday qilib,  kompaniya mashinalarning yangi rusumlari uchun Microsoft HoloLen dizaynerlik byurosi aralash reallik ko‘zoynagini ishlab chiqdi. Aytgandek, Ford kompaniyasi, jumladan, muhandislik ishlanmalari jarayonida ham HoloLens texnologiyasini qo‘llashning boshqa imkoniyatlarini ko‘zda tutmoqda. Rossiyada bu yil Ford Sollers qo‘shma korxonasi omborxona ishchilari uchun HoloLens garnituralari bilan jihozlangan konveyer uchun jamlanma tizimida ishtirok etuvchi dastlabki xususiy loyihasini ishga tushirdi. Kompaniya IT-bo‘limi ishlab chiqqan HoloLens texnologiyasi asosida  kerakli detalni topishga yordam beruvchi va buyurtma bajarilishini kuzatuvchi Pick by vision raqamli jamlovchi tizimi foydalanishga topshirildi. Virtual ko‘rsatkichlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar sonini kamaytiradi va operator qo‘lini ishdan ozod etadi va ishni tezkor bajarish imkonini beradi.

Manba: www.ford.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq