Daimler Jouley maktab elektrobusi takror quvvat olmay, 160 km yo‘l bosa oladi
26.11.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Daimler Trucks North America kompaniyasi va uning Thomas Built Buses sho‘ba korxonalari tomonidan prinsipial yangi mah¬sulot — maktab elektrobusi taqdim etildi.

Transport vositasining to‘liq nomi Saf-T-Liner C2 Electric, u Jouley degan qisqa nomga ham ega. Avtobusga Efficient Drivetrains PowerDrive 7000EV kuchi va 100-160 kVch sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, bir quvvat olib, 160 km yo‘l bosa oladi. Maktab avtobusi ish jadvali akkumulyatorli elektrotransport xususiyatlari bilan yaxshi muvofiqlashtirilgan. Elektrobus kuniga bir necha bor nisbatan olis bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha yo‘l bosadi, reyslar o‘rtasida tanaffuslar ham mavjud, bu vaqtda akkumulyatorni quvvatga to‘ldirish mumkin. Elektrobus olinadigan o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Maksimal konfiguratsiyada u 81 nafar o‘quvchini uyiga elta oladi. Jouley xususiyatlariga salondagi mavjud 120 V rozetkalari va noutbuklar, quvvat qurilmalari, smartfonlar va boshqa elektron qurilmalari uchun USB ham mavjud.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq