«Avtomobil asri yakunlashiga yaqinlashmoqdamiz»
26.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

General Motors kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti — Robert Lutts avtomobil sanoatida 47 yil faoliyat yuritib (hozir 85 yoshda), avtomobillar asri yakunlanib borayotganligini ta’kidladi. Yana 20 yildan so‘ng barchamiz «haydovchisiz modullar»dan foydalanamiz.

85 yoshni qoralagan Rob Lutts 2010-yilda iste’foga chiqqan bo‘lib, o‘z fikrining mazmun-mohiyatini chuqur anglaydi. Uning fikricha, avtomobil insoniyatga 120 yil xizmat qildi, u XX asr boshlarida ot va aravalardan foydalanish qanday iste’moldan chiqqan bo‘lsa, mashinalar ham ommaviy foydalanishdan chiqib ketadi deb hisoblaydi. «Avtomobil sanoati jadal o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda, — deydi u. — Kejajakda sayohatlar standartlashtirilgan avtonom modullarda amalga oshiriladi».

Lutts haydovchisiz transport vositasiga yaqin 15–20 yil mobaynida o‘tilishini taxmin qilmoqda. Avtomobillar 20–30% robotlashtirilgan davrda odamlarni undan cho‘chimaslik va xavfsizligiga shonch bilan qarashga o‘rgatish uchun o‘tish davri bo‘ladi. Shundan keyin ularni joriy etish tezlashadi, boshqariladigan avtomobillar taqiqlanadi. Shuningdek, Lutts fikriga ko‘ra, avto ishlab chiqaruvchilar o‘z modellari brendini ilgari surmaydilar va umuman «avtomobil rusumi» tushunchasi yo‘qolib ketadi va hech kimni qiziqtirmaydi ham. Haydovchisiz avtomobillarda ulardan foydalanuvchi: Uber, Lyft, FedEx, UPS, Amazon va boshqa kompa­niyalarning logotiplari bo‘ladi. Yana 10 yildan so‘ng avtoishlab chiqaruvchilar ilgaridagi kabi ishlay va yashay oladilar, biroq 20 yildan keyin avtonom transportga o‘tish ishlari yakunlanadi, deb hisoblaydi Lutts.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq