Aqlli uy qurish uchun nimalar zarur bo‘ladi?
26.11.2017
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Keyingi vaqtlarda aqlli va xavfsiz uy haqida juda kop eshitayapmiz. Ma’lumki, bugungi kunda yangilik bo‘lib hisoblangan qurilmalar, ertangi kunda har bir xonadonda bo‘lishi oddiy holga aylanmoqda. Navbatdagi sahifamizda aqlli uyga oid ayrim qurilmalarga haqida hikoya qilishga qaror qildik.

Netatmo Healthy Home Coach xonadon meteostansiyasi

Netatmo Home Coach NHC-P2 xonadon meteostansiyasi nima o‘zi? Bu ixcham qurilma bo‘lib, uyda maksimal darajada qulay va foydali mikroiqlimni yaratishga yordam beradi. Home Coach NHC-P2 salomatligimiz uchun 4ta muhim ko‘rsatkich: xona harorati, foizlarda namlik darajasi, havo tarkibida karbon dioksidi gazining mavjudligi, shuningdek, shovqin darajasini o‘lchaydi. Gadjet barcha olingan ma’lumotlarni muvofiq ilovaga jo‘natadi. Ilovaga bir vaqtda turli xonalarda o‘rna­tilgan bir necha datchiklarni ulab, birlashtirish mumkin.

Meteostansiya mustahkam «pushti-oltin tusli» alyumin korpusda joylashtirilgan. Gadjet ssilindr shaklida, balandligi 15,5 santi­metr va diametri 4,5 santimetr qilib bajarilgan. Yuzasida ishga tushi­rilganida yashil yog‘duli chiroq yonib turadigan indikator o‘r­natilgan. Indikatorning tagida brend nomi bitilgan.

Qurilma qanday ishlaydi?

Inson salomatligiga ko‘plab tashqi omillar, jumladan, xonadagi namlik va havoning sifati, harorat va atrof-muhitdagi shovqin ta’sir ko‘rsatadi. Ularni o‘lchash uchun qurilmaga quyidagi 4ta sezgir datchik kiritilgan:

  • Havo sifatini nazorat qilish datchigi: uning yordamida stansiya havo tarkibidagi karbon dioksidi gazining konsentra­tsiyasi o‘lchanadi. Kislorod yetishmasligi insonning ish qobiliyati, diqqatini jamlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, toliqishni va astma xurujlarini yuzaga keltirib, kuchaytiradi. Netatmo Home Coach qurilmasi ushbu ko‘rsat­kichlarni aniqlaydi va derazalarni ochib, havoni tozalash yoki konditsionerni ishga tushirish zarurligi haqida signal beradi.
  • Namlik datchidi. Xonada namlik yetishmasligi inson sochi va terisiga, shuningdek, xonaki gullarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, quruq havo ko‘plab kasalliklar, jumladan, allergiya yoki astma kasalliklarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, havoda namlik darajasining ko‘tarilishi ham ancha xavfli. Netatmo Home Coach namlik darajasini o‘lchaydi va namlantirgich (uvlajnitel)ni ishga solish yoki xonani tekshirish zarurligini ko‘rsatadi.
  • Shovqin datchigi kiritilgan mikrofondan iborat. Ma’lumki, yuqori darajada shovqin inson diqqatini chalg‘itib, ish qobi­liyatining susayishiga olib keladi, ruhiy zo‘riqishga sabab bo‘lib, bosh og‘rig‘ini yuzaga keltirishi mumkin. Netatmo Home Coach shovqin darajasini detsibellarda o‘lchaydi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatkichlari bilan smartfonga jo‘natadi.
  • Harorat datchigi. Uning yordamida foydalanuvchi havo tarkibini bilishi mumkin, shundan keyin axborotni konditsionerni sozlash va turli isitish tizimlariga yuboradi.

Meteostansiyaning barcha axborotlarini olib, Healthy Home Coachning muvofiq mobil ilovasiga jo‘natadi. Mobil qurilma bilan meteostansiya internet orqali bog‘lanadi, buning uchun gadjet xonadondagi Wi-Fi tarmog‘iga ulanadi. Ilova iOS va Android smartfonlarida ishlaydi, unda shaxsiy kabinet yaratish shart. Shaxsiy kabinetda uchta turli: butun oila uchun, bolalar uchun, astma yoki allergiya kasalligiga uchragan odamlar uchun funksiyalaridan birini tanlash zarur. Bir vaqtda har bir xonada turib, bir necha meteostansiyalarni ulash ham, ularning barchasini shaxsiy kabinetda birlashtirish ham mumkin.

Datchik ko‘rsatkichlari ranglar fonida baholanadi. Bundan tashqari, agar ulardan biri me’yoriy chegaradan chiqsa, raqam yoni­da undov belgisi nurli yog‘du bilan paydo bo‘ladi — bu ogohlanti­ruvchi belgi bo‘lib, qurilmadagi nosozlikni anglatadi. Bundan tashqari, ilova maslahat va oldindan ko‘rsatmalar beradi va uyda qulaylik hamda sog‘lom mikro iqlim yaratishga yordam beradi.

Click and Grow aqlli bazilik bog‘i

Hech bir narsa hozirgina bog‘dan yangi kesib olingan ko‘katchalik xushbo‘y va yoqimli ifor taratmaydi. Click and Grow aqlli bog‘ida, ya’ni o‘z xonangiz tokchasida ta­biiy, ekologik toza bazilik (O‘zbekistonda uni rayhon deb ataymiz) o‘stirishingiz mumkin.

Qurilma gul tuvakda (unda suv uchun sig‘im, to‘rtta AA tipidagi batareya uchun bo‘limchasi, pompa va elektron datchik mavjud), oziqa moddalari va urug‘ uchun kartridj hamda o‘sishi uchun yorug‘lik bilan ta’minlash zarur bo‘lgan lampalar joylashtirilgan.

Click & Grow o‘z egasidan bog‘bonlik malakasi va qobiliyatini talab etmaydi. O‘simlikni parvarishlash uchun bor-yo‘g‘i: krandan suv quyish, batareykalarni o‘rnatish va adapterni rozetkaga ulash zarur. Biroz vaqt o‘tgach, Click and Grow juda sarxil va ekologik toza bazilikka ega bo‘lasiz.

Click and Grow juda oddiygina va ko‘rkam ko‘rinishga ega, biroq shunga qaramay, smartpot xonangiz va oshxonangizga alohida qulaylik yaratadi. Old paneli oq plastik korpusida nur taratuvchi indikator mavjud: smartpot holatidan qat’iy nazar, chiroq turli ranglarda lipillab, nur taratadi. Agar barcha jarayon me’yordagidek bo‘lsa, u faqat yashil rangda, suv quyish talab etilsa — moviy rangda nur taratadi.

Click and Growni xonangiz va smartpot qopqog‘i uslubiga mos holda quyidagi uchta turli: oq, yashil va olov rangda tanlash mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Sizning tokchangizga ajoyib o‘simliklar, gullar, ko‘kat va sabzavotlar o‘sishi uchun faqat — o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan urug‘ni sepib, maxsus kartridjni o‘rnatishingiz, AA tipidagi 4 dona batareykani kiritib, sig‘imni suvga to‘ldirish ta­lab etiladi. Qurilma jamlanmasiga lampa kiritilgan bo‘lib, o‘simlik­ning o‘sishini yorug‘lik bilan ta’minlaydi. Buning uchun adapterni rozetkaga ulash zarur. Lampa 16 soat bo‘yicha ssikllar asosida ishlaydi, belgilangan vaqt o‘tishi bilan avtomatik ravishda, quvvat manbaidan uziladi. Lampalarning uzunligi o‘simlik ekilgan uchta konteynerni yoritish va isitishga yetarli bo‘ladi. Keyinchalik bunday bog‘ sohibiga indikatorni kuzatish zarur bo‘ladi, u qachon suv qu­yishi va batareykalarni almashtirishi kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Bazilik ko‘chatlari 2–3 haftada paydo bo‘ladi. Ular to‘liq yeti­lishi uchun 6–8 oy o‘sishi zarur, ularning uzunligi 15 santimetrgachani tashkil etadi. Bazilik, ya’ni xushboy‘ rayhon xonadon tokchasida har faslda ham o‘sar ekan, undan istagan vaqtingizda uzib, taomlarga qo‘shib, iste’mol qilish mumkin bo‘ladi.

O‘simlikni yangisiga almashtirmoqchi bo‘lsangiz boshqa Click and Grow jamlanmasini sotib olishning hojati yo‘q, o‘simlik bilan kartridjni almashtirishning o‘zi kifoya qiladi. Click and Grow kart­ridji almashtirilgach avtomatik ravishda, yangi o‘simlikni tanib, uni parvarishlash rejimini tanlab oladi. Yangi o‘simlik kartridji o‘rnatilshi bilan o‘sa boshlaydi. Kartridjning o‘zida o‘simlik urug‘i va tuproq hamda o‘simlik haqidagi ma’lumotlarga ega mikrosxema mavjud.

Fibaro Motion Sensor harakat datchigi

Fibaro Motion Sensor harakat datchigi — bu ixcham harakat datchigi bo‘lib, Fibarodan harorat, yorug‘lik darajasi va vib­ratsiya funksiyalariga ega. Ishlab chiqaruvchi oddiy harakat datchigini sezilarli darajada takomillashtirgan va juda foydali funksiyalar bilan boyitgan. Qurilma orqali xonadoningizdagi vaziyatni to‘liq nazorat qila olasiz.

Qurilma modelining asosy xususiyatlari:

  • Datchik nafaqat havonng harakatini, balki haroratini ham o‘lchaydi, yorug‘ik va vibratsiyani ham nazorat qiladi. Shu sababli u nafaqat xonadonga ruxsatsiz kirib kelganlar haqida, balki yong‘in, suv toshishi yoki yorug‘likning to‘satdan yo‘qolishi haqida ham ogohlantiradi. Shu tariqa, datchik orqali xonadonin­gizda sodir bo‘layotgan barcha hodisalardan xabardor bo‘lasiz.
  • Fibaro Motion Sensor dizayni juda maqtovga loyiq. Tashqi jihatdan u mushuk ko‘zlariga o‘xshaydi, qurilma shunchaki od­diy datchik bo‘lmay, xonadoningiz xavfsizligini kuzatib turuvchi, har narsani ko‘radigan ko‘zdir.
  • Datchik ko‘zi rang o‘zgartirish xususiyatiga ega, shu sababli uni harorat o‘zgaririshiga qarab sozlash mumkin. Masalan, agar xonada harorat ko‘tarilsa, ko‘zda rang o‘zgarganini ko‘rasiz.
  • Sensorning yuqori darajadagi sezgirligi ko‘rish maydonining kengligi evaziga hattoki, xonadagi sezilmas harakatlarni ham taniy oladi. Bundan tashqari, datchik sezgirligini o‘zingiz soz­lay olasiz.
  • Boshqa qurilmalar bilan muvofiqligi. Datchikni boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtirib, «aqlli uy» dasturini ssenariy asosida sozlab, ishga sola olasiz — masalan, harorat ko‘tarilganida konditsionerni ishga tushirish yoki yorug‘lik yetishmasa chiroq yoqish va boshqalar.
  • Avtonomlik. Qurilma quvvat ta’minoti uchun batareykalardan foydalanilgan, ularning amal qilish muddati uch yilgacha muddatni tashkil etadi, simsiz aloqa qurilmalari yoki simli kanallar orqali axborotni uzatishi mumkin.
  • Ishlab chiqaruvchilar Fibaro Motion Sensor nafis va nooddatiy dizayn bilan boyitganlar, datchiklar monandligi va mu­shuk kabi ko‘zlarini ilg‘ash uchun unga birgina nazar tashlashning o‘zi kifoya. Bu juda nozik o‘xshatish, axir mushuk ko‘zlari kunduzi ham, tunda ham juda yaxshi ko‘radi, xavf yaqinlasha­yotganini his etadi va hatto eng kichik harakatlarni ham albatta sezadi. Bu barcha ko‘rsatkichlarga Fibaro qurilmasi ham ega. O‘zining ixcham o‘lchami hamda nafis dizayni evaziga uning diametri bor-yo‘g‘i 44 mm, datchigi har qanday xonaga ko‘rkam jihoz bo‘la oladi. Foydalanuvchining qulayligi uchun ishlab chiquvchilar mustahkamlash tizimini yaxshi ishlab chiqqanlar, u sensorni gorizontal va yoki vertikal bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday joydagi yuzaga mustahkamlash im­konini beradi.

Bu qanday ishlaydi?

Qurilma amal qila boshlashi uchun uni Z-Wave tarmog‘iga ulash zarur. Buning uchun batareykalarini o‘rnatib, gadjetni ishga solish, tugmachasini uch marta bosish zarur. Keyin kontro­lerning o‘zi sozlashni amalga oshiradi, muvaffaqiyatli ulanganligi haqida sensorning moviy ko‘zlari ma’lum qiladi. Sababi datchik bir necha funksiyaga ega, u bir necha qurilma bilan kontrolerda taqdim etilgan. Fibaro Motion Sensor o‘rnatil­ganidan keyin yo‘riqnoma va Z-Wave kontrolleri yordamida uni sozlashga kirishish mumkin. Aynan sozlanishi evaziga sensor sizning uchinchi ko‘zingizga aylanadi va oldindan rejalashtirilgan ssenariy asosida uyni boshqarishga yordam beradi. Masalan, harorat o‘zgarishiga muvofiq, konditsioner yoki ishi­tish qurilmasini ishga solish; xonaga kimdir kirsa, yoki undan chiqib ketsa, chiroqni yoqish yoki o‘chirish; siz uyda bo‘lma­ganingizda mehmon tashrif buyursa, ularning aniq soni haqida ma’lumotlar uzatish; xonada dazmol va boshqa qurilmalar o‘chirilmay qolib ketmagani haqida siz xavotirlanmasligingiz uchun ma’lumotlar uzatishi mumkin.

Flyte uchar lampochkasi

Flyte lampasi moslama ustida kuchli magnit tortish kuchi evaziga uchadi va aylanadi. Chiroyli ishlangan yoritgich chiroq tabiiy yog‘ochdan asos va xromlangan idish va uzoq xizmat qiluvchi LED-lampochkalari bilan jihozlangan. Flyte asosida induktiv quvvat uchun dok-stansiya sifatida ishlay oladi.

Nima bu? Flyte — bu 22 yil mobaynida ishlay oladigan lampochka bo‘lib, u yog‘och asosli havoda osilib turadi. Flyte chrog‘ida juda oz energiya quvvati ta’minoti bilan yoritadigan svetodiod­lardan foydalanilgan, shu sababli lampochkalarning ishlash muddati juda hayratlanarli. Agar undan kuniga olti soat foydalanilsa, mazkur uchar lampochka — 22 yil xizmat ko‘rsata oladi. Agar 12 soat mobaynida foydalanilsa, xizmat davri 11 yilga qisqaradi. Mazkur ixtirodan yana bir maqsadda foydalanish imkoniyati mavjud: Flytedan telefonlar uchun simsiz quvvat qurilmasi sifatida ham foydalanish mumkin.

Shved ixtirochisi Saymon Morris lampochkalarning klassik konstruksiyasidagi 135 yil mobaynida o‘zgarishsiz qolayotgan nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. Flyte dizayni evaziga uy va ish joyining ajoyib jihoziga aylanadi. Uning asosi tabiiy yog‘ochdan, plafoni esa sinmas oynadan ishlangan.

U qanday ishlaydi?

Yog‘och asosli lampochkalar oddiy elektr tarmog‘iga ulanadi, u svetodiodlarni induktiv texnologiya yordamida quvvat bilan ta’minlaydi. Lampochkani uchishga majbur qilish uchun asosning markaziga joylashtiring, shundan keyin u havoda osilib qoladi va aylana boshlaydi. Smartfon quvvat olishni boshlashi uchun qurilmaga moslashtirilgan asosga joylashtirish yetarli bo‘ladi.

REDMOND SkyCooker M222S aqlli multivarkasi

REDMOND SkyCooker M222S aqlli multivarkasi — bu pazandalik jarayonini osonlashtiradigan kichik oshxona uchun qulay yechimdir. Multivarkalar ko‘p, biroq bunday ko‘p­funksional va shu bilan bir vaqtda, REDMOND yagona yaxlit bir qurilmadir. SkyCooker M222S multivarkasi rusumiga aqlli uyning bir qator moslamalari kiritilgan, uni boshqarish uchun maxsus Ready For Sky ilovasi ishlab chiqilgan. Multivarka 11ta pazandalik dasturiga ega 5 litrli kuyishga qarshi qoplamali idish bilan ishlangan. Qurilma o‘z funksionalligini ikki dastur: Mastershef Layt va Multi­povar bilan taqdim etadi. Ular bilan pazandalik ishini boshlash hamda tayyorlash jarayonida haroratni o‘zgartirishi mumkin.

SkyCooker M222S ot REDMOND multivarkasi bilan ishdan ke­yingi vaqtingizni oshxonada o‘tkazishning hojati qolmaydi. Mazkur qurilma har daqiqasini qadrlaydiganlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

REDMOND SkyCooker M222S multivarkasi zamonaviy dizaynga ega, buning evaziga qurilma oshxona jihozlari o‘rtasida yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Multivarka 5 litrli silindr shaklida ishlangan. Yorqin raqamli displeyi va tugmalari qurilmaning boshqaruv jarayonini rus tilida oson amal qilishiga yordam beradi. Membrana tugmasining bosilishiga mos ravishdagi ovozli signal jo‘r bo‘ladi.

Multivarkaning metall korpusi ixcham o‘lchamli va kichik og‘irlikka ega. Rangli qopqog‘i klassik yechimda bajarilgan: kumush rang va qora rang tuslari uyg‘unlashtirilgan. Qopqoq ochish holatining fiksatsiyasi uchun tutqich va tugma bilan jhozlangan. Kondensat uchun olinadigan bug‘li klapan va konteyneri mavjud. Oli­nadigan klapani bug‘ chiqishining xavfsizligini ta’minlaydi, uni tozalash ham oson. Ichida tagi kuyishiga qarshi qoplamali alyumin idish mavjud.

Bu qanday ishlaydi?

REDMOND RMC-M222S aqlli multivarkasi ovqat tayyorlash jara­yonini osonlashtirish va vaqtingizni tejab, pazandaligingizni namo­yish etish uchun yaratilgan. Buning uchun jamlanmasi ichida kitob­cha mavjud bo‘lib, unda multivarkada tayyorlash uchun 120dan ortiq suyuq, quyuq taomlar, desertlar, gazak, yogurt va ichimliklar retseptlari mavjud. Qurilmani ishga solish qo‘lda boshqariladi? Smartfon uchun maxsus Ready For Sky ilovasi asboblar paneli va raqamli displeyi yordamida multivarkaning smartfon sinxroniza­tsiyasi Bluetooth bo‘yicha, masofadan ham maxsus ilova orqali amal qiladi. Boshqaruv usulidan qat’iy nazar, monoxrom displeyda ish boshlash, vaqti va harorat haqidagi axborot aks etadi.

Mualliflar: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq