Qabulga yozilishning oson yo’lini tanlang
25.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat soliq xizmati organlarida fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, rasmiy www.soliq.uz veb sayti orqali tizim mansabdor shaxslari qabuliga «Onlayn» rejimida yozilish imkoniyatini beruvchi «Elektron qabulxona» interaktiv xizmati joriy etilgan.

Fuqarolar ushbu interaktiv xizmat yordamida kunning istalgan vaqtida davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari hamda mansabdor shaxslari qabuliga yozilish bo‘yicha so‘rovnoma berishlari mumkin.

Mazkur xizmatdan mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan «Soliq» mobil ilovasi yordamida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Yagona interaktiv xizmatlar portali — my.gov.uz orqali foydalanishlari mumkin.

Fuqarolar ushbu xizmatdan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari qabuliga yozilish uchun mansabdor shaxsni tanlab, o‘ziga tegishli ma’lumotlarni ya’ni, telefon raqami, elektron pochta va yashash manzili hamda murojaatning qisqacha mazmuni yoki maqsadini qayd etishi lozim.

Qabulga yozilgan fuqarolarga uning elektron pochta manzili shuningdek, www.soliq.uz veb saytidagi yoki my.gov.uz Yagona portalidagi shaxsiy kabinetiga ularning so‘rovlari qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.

Qabulga yozilgan va belgilangan vaqtida qabulga kelgan fuqaro navbatsiz qabul qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq