“O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK va CLICK – yangi imkoniyatlar, yangi cho‘qqilar!
25.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi yana bir ajoyib yangilikni mamnuniyat bilan xabar beradi – “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK bilan hamkorlik natijasida bevosita aviakompaniyasining saytida CLICK tizimining 3,5 milliondan ortiq foydalanuvchilar uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi!

Bugungi kunni tez va qulay parvozlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Milliy aviakompaniyamiz bilan imzolangan hamkorlik natijasida joriy qilingan CLICK tizimi orqali aviachiptalarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ushbu xizmatlar yanada qulayroq va tezroq bo‘ldi. www.uzairways.com saytidagi barcha jarayonlar butunlay avtomatlashtirilgan bo‘lib, aviachiptalarni nafaqat bronlash, ularga sanoqli soniyalarda to‘lovni amalga oshirib, xarid qilish imkonini ham beradi.

Yaqin davr ichida o‘z 26 yilligini nishonlaydigan “O‘zbekiston Havo yo‘llari” aviakompaniyasi hozirgi kunga kelib, o‘nlab mamlakatlarni va yuzlab shaharlarni bog‘lab, millionlab sayohatchilarga ishonchli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Oxirga paytlarda mamlakatimizdagi xalqaro va ichki turizm rivojlantirishiga berilayotgan diqqatni e’tiborga olganimizda esa, CLICK orqali to‘lash imkoni ushbu yo‘nalishda navbatdagi dadil qadam bo‘lganini ishonch bilan aytishimiz mumkin.

“Ushbu hamkorlikning boshlanishi va aviachiptalarning CLICK tizimi orqali onlayn xarid qilish imkoniyatining joriy qilinishi zamonaviy AKT yechimlar ko‘plab jarayonlarni osonlashtirishini va yangi imkoniyatlarning yaratilishini yana bir bor yaqqol tasdiqlamoqda. Barcha O‘zbekiston aholisiga shunday imkoniyat yaratganimizdan mamnunmiz. Foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi, deb o‘ylaymiz”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Bundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq