«Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati» mavzusidagi mintaqaviy seminar o‘z ishini yakunladi
24.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (Agentlik) va Savdo sanoat palatasi (SSP) bilan hamkorlikda 2017 yil 22-23 noyabr kunlari «Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati» mavzusida mintaqaviy seminar o‘tkazdi.

Ushbu tadbirda BIMT mutaxassislari, Hindiston, Livan, Belorussiya, Ozarbayjon, Rossiya Federasiyasi vakillari va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo sanoat palatasi mutaxassislari, tadbirkorlar, hamda patent vakillari qatnashdilar.

Seminarning asosiy maqsadi BIMT faoliyatining o‘rta va kichik korxonalarni qo‘llab quvvatlashga oid so‘nggi yangiliklari va tadbirlari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun tovar belgilarining huquqiy muhofazasining ahamiyati, milliy va xalqaro qonunchilik, halqaro shartnomalarni o‘rganish va tahlil qilish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan milliy va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishdan iborat.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan tovar belgilariga huquqlar to‘g‘risidagi masalalar keng yoritildi. Xorijiy mutaxassislar: intellektual mulk huquqi va texnologiyalar masalalari bo‘yicha hindistonlik maslahatchi Arvind Vishvanatanning «Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tovar belilarining roli» mavzusidagi, BIMTning Rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar Departamentini tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi katta xodimi Silviya Trpkovskaning «Kichik va o‘rta biznesning raqobatbardoshligini oshirishda IM aktivlarini samarali boshqarishning roli» mavzusidagi, Livandagi La Sages universiteti professori Per El-Xurining «Intellektual mulk aktivlarinidan foydalanish: liseseziyalash, franchayzing va merchendayzing masalalarini ko‘rib chiqish» va «Xalqaro biznesda intellektual mulk masalalari» mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar: SSP vakili O‘tkir Ne‘matov «O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesning hozirgi holati — imkoniyatlar va muammolar», Agentlikning Sanoat namunalarining ilmiy-texnikaviy ekspertizasi va topshirilgan belgilar ekspertizasi bo‘limi sektor mudiri Dilorom Zufarova «Tovar belgilariga huquqlar. Tovar belgilarini muhofaza qilishning turli usullari» mavzusidagi, va patent vakili Alena Menyaylova «Tovar belgilariga huquqlarga rioya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq amaliy masalalar» mavzusida o‘z ma‘ruzalari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, doira suhbatlarida brendni yaratish va rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar instrumental bazasi: IM sohasidagi asosiy xizmatlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

BIMTning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun seksiya dasturlari rahbari Evgeniy Sesiskiy ta’kidlaganidek, Intellektual mulk agentligi tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlar ixtirochilar va tadbirkorlar uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi hamda ularni intellektual mulk ob’ektlarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni yanada rivojantirish va mustahkamlashga va intellektual mulkni samarali boshqarishga ilhomlantiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq