Qashqadaryo viloyati mobil aloqa operatorlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
23.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 yil 18 oktabr kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hududida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zDSt 3207:2017 “Telekommunikatsiyalar tarmoqlari. Sotali mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari sifatining normalari va baholash usullari” davlat standarti talablari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda ko‘p uchraydigan kamchiliklar, shuningdek mobil aloqa qamrovini kengaytirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar hamda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning qabul qilingan normalar va qonunosti hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq