«O‘zbektelekom» AK «Telecom Innovations» QK «Baykonur invest» (Qozog‘iston Respublikasi) IX Investitsion forumida
20.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

15-16 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda viloyatida «Baykonur invest» IX Investitsion forumi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida «Qozog‘iston – O‘zbekiston hamkorligi» seksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati tovarlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

15-16 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda viloyatida «Baykonur invest» IX Investitsion forumi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida «Qozog‘iston – O‘zbekiston hamkorligi» seksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati tovarlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Forum va ko‘rgazma ishida «O‘zbektelekom» AK ishtirokida tashkil etilgan «Telecom Innovations» QK ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. Forumda «Telekommunikatsiya uskunalari yangi turlarining ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish» mavzusidagi ma’ruzasi bilan «Telecom Innovations» QK Bosh direktori Firdavs Aliyev so‘zga chiqdi.

Forum doirasida «ERCOM» TOJ va «Telecom Innovations» QK o‘rtasida mobil telefonlari yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Shuningdek, «Baykonur invest» IX Investitsion forumida Navoiy viloyati  tovarlari ko‘rgazmasida «Telecom Innovations» QK mahsulotlari ham taqdim etildi.

«Telecom Innovations» QK (Mаhsulotlar katalogi) — Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK abonentlari hamda ATSlari uchun ADSL-modemlar va DLSLAM-uskunalar,  «set-top-box» raqamli televideniya priyomniklari va boshqa operatorlik va abonentlik qurilmalarini ishlab chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati bilan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda viloyatining  tadbirkorlari va « O‘zbektelekom» AK «Telecom Innovations» QK ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida ishbilarmonlik munosabatlarining o‘rnatilishi mintaqalar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini va eksport imkoniyatlarini yo‘lga qoyishga qulay imkoniyat yaratadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq