Ba’zi davlat organlari saytlariga uyushtirilgan kiber-hujumlarni tezkor bartaraf qilish choralari ko‘rildi
20.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekistondagi bir qator muassasalarning axborot resurslariga kiber hujumlar amalga oshirildi. Jahon miqyosida ommaviy uyushtirilgan virtual hujumlar oqibatida turli mamlakatlarda 60 mingdan ziyod resurslar zararlangan. Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, tegishli tashkilotlarning veb-saytlarining faoliyati qayta tiklandi.

UZINFOCOM Markazi hamda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazlari hamkorligida hujum manbasini aniqlash hamda keyinchalik bu turdagi hujumlardan himoyalanish maqsadida, zararlangan resurslarning zahira nusxalarini yaratish yuzasidan ishlar amalga oshirildi.

Ayni paytda mazkur hujum oqibatlari to‘liq bartaraf etilgan, hozirda zararlangan axborot resurslari to‘laqonli rejimda ishlamoqda. Shuningdek, istiqbolda himoya choralarini ishlab chiqish uchun ushbu kiber hujumlarning uyushtirilishi sabablari hamda usullari yaqindan tadqiq qilinmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq