Surxondaryo viloyatidagi soha korxonalari rahbarlari ishtirokida xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
17.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filiali, Surxondaryo viloyati “Matbuot tarqatuvchi” SHK va uning tuman bog‘lamalari, Surxondaryo Radiotelevidenie uzatish markazi hamda mobil aloqa operatorlarining viloyatdagi rahbar xodimlari bilan viloyat hududida sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yaxshilash va murojaatlarning kelib tushishini kamaytirish choralarini ko‘rish, shuningdek liniya-kabel xo‘jaligi, telekommunikatsiya tarmog‘ini, pochta aloqasi tarmoqlarini tartibga keltirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbir rejalari tuzilib, rejalarning bajarilishi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq