Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn chaqirish mumkin bo‘ldi
17.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Mazkur elektron xizmat yordamida foydalanuvchi ondayn ravishda hisoblagichni o‘rnatish, almashtirish, tamg‘alatish yoki o‘chirtirish uchun mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza berishi mumkin. Ariza yozayotganda fuqaro elektr ta’minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini, ya’ni o‘ziga qulay vaqtni ham ko‘rsatishi zarur.

Ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o‘zining shaxsiy kabinetida ko‘chmas mulk haqidagi maxsus formani to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Unda ko‘chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko‘rsatiladi.

Bu interaktiv xizmat elektr ta’minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq