Tunisda Butunjahon telekommunikatsiya/AKT ko’rsatkichlari simpoziumi bo’lib o’tmoqda
15.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 14 — 16 noyabr kunlari Tunis Respublikasida Butunjahon telekommunikatsiya/AKT ko’rsatkichlari 15-simpoziumi bo’lib o’tmoqda. Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

WTIS forumida «Axborotlashgan jamiyat ko’rsatkichlari» reytingi e’lon qilinib, AKT ni rivojlantirish bo’yicha 190 dan ziyod davlatlarda o’tkazilgan o’rganishlarning so’nggi natijalari ma’lum qiliadi. Xalqaro Elektraloqa ittifoqining 2017 yildagi hisobotlariga ko’ra O’zbekiston AKT ni rivojlantirish indeksida 15 o’rin yuqoriga ko’tarilib, 192 mamlakat orasida 95-o’rinni egalladi. 2016 yilda mamlakatimiz mazkur reytingda 110-o’rinni egallagan. Simpoziumida O’zbekiston AKT ni jadal rivojlantirayotgan davlat sifatida taqdirlandi.

WTIS simpoziumi – bu davlatlardagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holatini baholaydigan bosh xalqaro forum hisoblanadi. 1996 yildan boshlab forumda mamlakatlardagi AKT ma’murlari rahbarlari, yirik biznesmenlar, etakchi olim hamda ekspertlar ishtirok etib kelishmoqda. Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati, mavjud muammo va echimlar muhokama qilinadi.

Joriy yilda ham «sun’iy intellekt», «salmoqli ma’lumotlar», «bulutli» texnologiyalar hamda internet-buyumlar kabi jadal rivojlanayotgan yo’nalishlar yuzasidan taqdimotlar qilinmoqda. Natijalar asosida Xalqaro elektraloqa ittifoqining sayyoramiz bo’ylab zamonaviy AKT tendentsiyalarni rivojlantirish bo’yicha istiqboldagi vazifalari belgilanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq