Dаvlat оrganlarida AKTni jоriy etish vа rivоjlаntirishda Inspeksiyaning o‘rni
14.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyruq va farmoyishlari bilan tasdiqlangan o‘rganish o‘tkazish jadvallariga asosan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan 2014 yilning may oyidan boshlab Dаvlat vа хo‘jalik boshqaruvi оrganlari, mаhаlliy davlat hokimiyati оrganlari (davlat оrganlari)da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

2017 yilning 10 oyi davomida 21 ta davlat оrganlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida:

— rasmiy veb-saytlari belgilangan talablarga muvofiqlashtirilmaganligi;

— xodimlari AKT bo‘yicha malaka oshirmaganligi;

— AKTni yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining bandlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilmaganligi;

— lokal tarmoq va tarmoq qurilmalari belgilangan texnik talablar asosida tashkil etilmaganligi;

— mavjud axborot tizimlari va axborot resurslaridan samarali foydalanmasligi kabi kamchiliklar tez-tez uchramoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklardan 58 tasi Inspeksiya mutaxassislari ko‘magida o‘rganish davrida bartaraf etildi va qolgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni yanada rivojlantirish yuzasidan 501 ta banddan iborat хulosa va takliflar taqdim etilgan. Mazkur xulosa va takliflar asosida Davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalarining bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq