«Mirzo Ulugbek Innovation Center» KAIST tuzilmalari bilan uch tomonlama memorandum imzoladi
13.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 yilning 13 noyabr kuni Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi Koreyaning Fan va texnika ilg‘or instituti (KAIST) ning Global tijoratlashtirish markazi (Global Commercialization Centre, GCC) va Global IT texnologiyalari dasturi (ITTP) bilan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida uch tomonlama memorandum imzoladi.

Hujjatni “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultanov, KAIST GCC professori Choy Mun-ki va KAIST ITTP professori Jae Jeun Rolar imzolashdi.

Memorandum ikki tomonlama texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Hujjat doirasida tomonlar global texnologiya va tijoratlashtirishni targ‘ib etish uchun O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi texnik hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirishmoqda.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi va ITTP texnologik muxtojlikni anishlash uchun turli so‘rovnomalarni o‘tkazishni amalga oshirishmoqchi.

Ikki mamlakat iqtisodiyotlarining rivojlanishiga ulush qo‘shishi mumkin bo‘lgan istiqbolli texnologiyalarni aniqlash va targ‘ib qilish — hamkorlikning yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun kompaniya va agentliklarning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va texnologiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha biznes modellarni rivojlantirishni rejalashtirishmoqda.

Hamkorlik doirasida tomonlar yangi texnologiyalarni tijoratlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha turli konferensiyalar, forumlar va seminarlar o‘tkazishga kelishib olishdi.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultanov qayd etdi: «Biz KAIST GCC va KAIST ITTP bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatganimizdan xursandmiz. KAIST GCC dunyoning turli burchaklarida koreya texnologiyalarini tadbiq etish borasida katta tajribaga ega, KAIST ITTP esa axborot texnologiyalari sohasida kelajakdagi yetakchilarni tayyorlaydi. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning, hamda ikki mamlakat iqtisodiyotlarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi».

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq