Buxoro vohasi florasi haqida ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni taqdim etishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi ro’yxatdan o’tkazildi
13.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Buxoro vohasi florasi haqidagi ushbu ma’lumotlar bazasidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasida, «O’zbekiston florasi» kitobi va Qizil kitobning yangi nashrini tayyorlashda, Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashda hamda ilmiy tadqiqotlarda foydalanilishi mumkin.

Ushbu ma’lumotlar bazasi Buxoro vohasi o’simliklarining keng tavsifi, o’zbek va rus tillarida keltirilgan o’simliklarning ilmiy nomlari, geografik tarqalishi va hayotiy shakllari, O’zbekiston Kizil kitobiga kiritilgan kamyob turlar hamda endem turlar, har bir turning tabiatdan olingan yoki gerbariy namunalaridan olingan fotosuratlari kabi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Buxoro davlat universiteti mutaxassislari Esanov Husniddin va Hamroyev Alisherlar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasi uchun BGU 00348 sonli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq