Buxoroda «Elektron poliklinika”lar ish boshladi
10.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro uyidan turib, o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan hudud poliklinikasiga internet orqali shifokor qabuliga yozilishi mumkin.

Bunga birlamchi tibbiy-sanitariya tizimi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani tufayli erishildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida soha moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, profilaktika va davolashning zamonaviy texnologiyalari keng joriy etilmoqda.

Prezidentimizning shu yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Buxoro shahridagi 10-oilaviy poliklinika va shahar tibbiyot birlashmasi “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulandi. Mazkur muassasalar “Salomatlik-3” loyihasi doirasida 46 zamonaviy komputer va elektron monitor vazifasini bajaruvchi 20 dan ziyod televizor bilan ta’minlandi. Bu “Elektron poliklinika”lar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali sohaning yuqori organlari tarmoqlariga bog‘landi.

– “Elektron poliklinika” faoliyatida xizmat ko‘rsatiladigan aholi haqida ma’lumotlar bazasi muhim ahamiyatga ega, – deydi Buxoro shahridagi 4-oilaviy poliklinika bosh shifokori H.To‘xtayeva. – Shuning uchun hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi aholi yashash joyi, ularning salomatligi, qachon va qaysi masalada bizga murojaat qilgani, kasallik tarixi, tibbiy ko‘rik natijalari, shifokor tomonidan berilgan dorilar retsepti, bolaning emlangani va boshqa turli ma’lumotlarning elektron shakli yaratilmoqda. Bu muassasamizga keluvchilarning amaldagi tibbiy kartochkalariga ehtiyoj qoldirmaydi, qog‘ozbozlikka barham beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq