Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi
09.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 yil 6 noyabr kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqaruv apparati va filiallari xodimlari ishtirokida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Sh.Rashidov bilan uzoq muddat yonma-yon faoliyat ko‘rsatgan, O‘zbеkistonning sobiq rahbari haqida ko‘plab maqolalar muallifi Sa’dullo Muhamadqulov qatnashdi va ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning diyorimiz ravnaqiga betimsol hissa qo‘shgan Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlashga, shu ulug‘ insonning nomini abadiylashtirishga doir tashabbusi xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi, xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.

Chunki Sharof Rashidov juda murakkab va og‘ir yillarda respublikamizni boshqargan, mustabid tuzumning turli to‘siqlariga qaramay, bor kuch-g‘ayrati, bilimi, tajribasini O‘zbekiston taraqqiyoti uchun sarflagan. El-yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilgan farzandlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi. Sh.Rashidov O‘zbekistonning rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan inson sifatida yurtdoshlarimiz mehrini qozongan. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, ta’lim-tarbiya, ma’rifat jabhalari, ayniqsa, 1966 yil Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishdagi ezgu sa’y-harakatlarini katta avlod vakillari hurmat va ehtirom bilan yodga oladi.

Tadbirda xalqimiz bu ulug‘ insonni nafaqat davlat rahbari, balki Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqat, sabr-qanoat, matonat va halollikni tarannum etgan ko‘plab asarlar muallifi sifatida ham yaxshi bilishi alohida qayd etildi. Adib asarlarining qahramonlari halol, fidoyi, mehnatsevar, kamtarinligi bilan o‘quvchida alohida taassurot qoldiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq