Andijon viloyati mobil aloqa operatorlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
09.11.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

17 oktabr kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zDSt 3207:2017 “Telekommunikatsiyalar tarmoqlari. Sotali mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari sifatining normalari va baholash usullari” davlat standarti talablari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda ko‘p uchraydigan kamchiliklar, shuningdek mobil aloqa qamrovini kengaytirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar hamda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan qabul qilingan normalar va qonunosti hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq