Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish masalalari muhokama etildi
07.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 7 noyabr kuni Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi “Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminar ishida turizm sanoati va axborot texnologiyalari sohasi vakillari hamda Markaz rezidentlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston rahbariyati turizm sohasini rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgiladi. Mazkur sanoatni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217 sonli qarori bilan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.

Bugungi kunda biz biror bir soha faoliyatini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Axborot texnologiyalari turizm sohasini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi, sababi zamonaviy texnologiyalar istiqboldagi sayyohlarni turistik mahsulotlar va mamlakatning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, turli xil onlayn xizmatlar – chiptalarni, mehmonxonalarni, restoranlarni bron qilish va boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultanov qayd etdi: “Mazkur seminarni tashkil qilishimizdan asosiy maqsad — sayyohlik va IT tarmog‘i vakillarini bir-birlari bilan o‘zaro tanishtirishdan iborat edi. Netvorking sayyohlik tarmog‘i uchun hamkorlikdagi yangi IT-mahsulotlarni yaratish, bu esa o‘z navbatida sayyohlar uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini beradi”.

Seminar davomida ishtirokchilar Hotspot.uz, MyTaxi, Workly va shu kabi loyihalarning imkoniyatlari bilan tanishishdi. Shuningdek, qatnashchilarga interaktiv “Uzbekistan Pass” turistik servisining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida turistik va IT-kompaniyalar vakillari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq