TATU o‘qituvchisi “Ilm yulduzlari” Respublika tanlovi nominatsiyasi g‘olibi
07.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

3 noyabr kuni O‘zbekiston “Olima” xotin-qizlar uyushmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi bilan xamkorligida “Ilm yulduzlari” IV respublika intellektual ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahri filialida o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda universitetning “Audiovizual texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibulayevna ham ishtirok etib, “Eng moxir ixtirochi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad: respublika oliy o‘quv yurtlarida hamda Fanlar Akademiyasi institutlarida samarali mehnat qilayotgan olima ayollar orasidan ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor, fidoiy, innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan olimalarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlarini munosib baholash va rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat edi.

Ko‘rik tanlovda ilmiy doiralarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan, ilmiy maqolalar, tezislar va boshqa ishlar chop etgan 25-40 yoshlardagi tadqiqotchi olima ayollar ishtirok etdilar. Tanlov 3 shart asosida o‘tkazildi.

Birinchi shart tanishtiruv sharti bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zlari, kafedra va ustozlari, ilmiy ishi mazmuni haqida 5 daqiqalik videolavha taqdim etdilar. Shart “Kuch bilimda va tafakkurda” shiori ostida o‘tkazildi. Ushbu shart tadqiqotchi yashayotgan va ishlayotgan ilmiy muhit haqidagi boy va ixcham tasavvur berishni nazarda tutadi. Bunda, shuningdek, yosh olimaning shaxsiy sifatlari, imidji va milliy qadriyatlarga, ma’naviy merosga daxldorlik hissi alohida baholandi.

Tanlovning ikkinchi shartida ishtirokchilarning nazariy bilim darajalari baholandi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishlari buyicha harakatlar strategiyasi.» yuzasidan berilgan savollar, ishtirokchilarning bilimi, dunyoqarashlarini qanchalik serqirra ekanligini sinovdan o‘tkazdi. Bunda yosh olima ayollarning intellektual imkoniyatlari bilan bir qatorda, ularning nutq madaniyati, hozirjavobligi va boshqa iste’dod qirralari ham baholandi. Ishtirokchilarning Davlat dasturlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning uchinchi — “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” nomli shartida olima ayollarning xorijiy tillarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Bunda ishtirokchilar O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, turmush tarzi va milliy qadriyatlari haqida xorijiy tilda taqdimot qilishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq