Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2017 (ICISCT 2017)
07.11.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 3 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2017” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvaziri Shermatov Sherzod Xotamovich ochib berdi.

Ochilish marosimdan so‘ngra Anjumanning asosiy ma’ruzachilari taqdimotlari bilan davom ettirdi.

1. Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti a’zosi Serbiyalik mutaxassis Miroslav Skorich “Ta’limda kompyuter tarmoqlari va dasturiy ta’minot, qurilmalar, Radio havaskorlar kommunikatsiyalari” mavzusidagi taqdimoti bilan boshlab beradi.

2. Ikkinchi taqdimotni akademik Jo‘ra Abdullayevich “Fazo va Vaqtda diskret tasodifiy xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik ehtimollari” mavzusidagi taqdimoti bilan davom ettirdi.

3. Litva Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti a’zosi, professor Vaidas Giyedrimas “Wiki asosidagi stoxastik dasturlash va Bulutli tizimlar uchun statistik modellash” mavzusidagi taqdimoti bilan yakunladi.

Anjumanning davomini dastur asosida Birinchi va Ikkinchi seksiyalarga ajratgan holda soat 14:00 dan 16:00 ga qadar davom etdi.

2017 yil 4 noyabr kuni 9:00 dan boshlab 3- seksiya o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, soat 10:30 dan4 va 5 seksiyalar boshlanadi.

Ushbu konferensiyada Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar natijalari bilan O‘zbekistondagi universitet professor- o‘qituvchilari bilanJ.Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, Chexiya Respublikasi, Litviya, Serbiya, Italiya va Bolgariya davlatlarining universitetlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq