Sony sun’iy intellekt qo‘llab-quvvatlangan yangilangan AIBO robotitini chiqarishga tayyorlamoqda
05.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Sony Yaponiya texnologik kompaniyasi robototexnika sektori­da uy itini eslatadigan AIBO roboti yangilangan versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Nikkei Asian Review resursi ma’lumotiga ko‘ra, 1999-yilda boshlangan hamda 2006-yilda Sony kompaniyasida xarajatlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan, qayta tashkil etish ishlari boshlanganligi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilgan AIBO yangi versiyasi chiqarilib, Internetga ulanadi va sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Nik­kei ma’lum qilishicha, robot ovozli buyruqlar yordamida Amazon va Google tomonidan ishlab chiqarilgan smart-qurilmaga o‘xshash xonadon texnikasini boshqara oladi.

Sonyning robototexnika industriyasini davom ettirish maqsadi 2016-yilda ma’lum bo‘ldi, yapon kompaniyasi «inson qalbini zabt eta oladigan» robot yaratilishi haqida ma’lum qildi. Kompaniya prezidenti Kaz Xirai (Kazuo Hirai) Sony dasturchilari o‘z oldi­lariga robototexnika va sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalanib, audiovizual va ko‘ngilochar texnologiya­larni birlashtirib, foydalanuvchilarga yangi tajriba namunalarini taqdim etishlari haqida so‘zlab berdi. AIBO robotlarining dastlabki partiyasi 3000 dona bo‘lib, narxi $2000 bo‘lishiga qaramay, 1999-yil­da Internet orqali atigi 20 daqiqa mobaynida sotilgan edi. Robot-itning yangi versiyasining narxi qancha bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq