Jahonda birinchi elektron yo‘l chiotasili–uzuklar Moskva shahrida paydo bo‘ladi
05.11.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Moskva metropoliteni transport yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish uchun elektron yo‘l chiptasiga ega uzuklar sotuvini boshlashga kirishmoqda. Bu haqda matbuot-xizmati ma’lumot bergan. Gap jahonda birinchi transport yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish uchun barmoqqa taqiladigan uzuk ustida bormoqda. Bunday «Uchlik» funksional kartasi bilan jihozlangan gadjet yordamida nafaqat metroda, balki yer usti, ya’ni Moskva markaziy halqa yo‘lidagi transportlarda yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish mumkin.
Rossiya PayRing kompaniyasi dasturchilari va ishlab chiqaruvchilari uzuk shaklidagi kontaktsiz smart-kartani yaratdilar. «Moskva» shahar yangiliklar agentligi, PayRing kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Sergey Lazarevning ma’lum qilishicha, yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish uchun elektron yo‘l chiptasi-uzuklarining ishlab chiqarilishi shu tariqa yo‘lga qo‘yildiki, agar mahsulotga talab ko‘p bo‘lsa, bu talabni doimo yetkazib berish hajmini oshirib, qondirish mumkin. Mazkur taqinchoq sovg‘alar(suvenirlar) kioskalari va shahar metropoliteni do‘konlarida 2017-yil oktabr oyining oxiridan boshlab sotiladi. Sentabr oyida metropoliten bir juft shunday uzukni yangi oila qurayotgan yoshlarga taqdim etgandi.