TATUda “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT-2017” xalqaro konferensiyasi boshlandi
03.11.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari” mavzusi doirasida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT-2017” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyada Litva Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti a’zosi, Siauliai universiteti professor Vaidas Giedrimas va Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar institutining Avstriya qismi a’zosi Miroslav Skoric taqdimot qilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-sonli farmoyishiga asosan, Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti (IEEE) hamkorligida tashkil etilmoqda. Konferensiya o‘z ishini 2-4 noyabr kunlari davom ettiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq