“INFOLIB – 2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochildi
31.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi. Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida O‘zbekiston xalq cholg‘u asboblari ansambli va A.Ikromov rahbarligidagi O‘zbekiston milliy estrada-simfonik orkestri ijrosida o‘zbek va chet el kompozitorlarining klassik va zamonaviy musiqalari yangradi.

Haftalikning ochilish marosimida O‘zbekiston Axborot va matbuot agentligi Bosh direktori L.Tangriev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari A.Alimbekov, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ma’lumotlar xizmati maslaxatchisi S.Anderson, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti M.Abduqunduzov, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A.Otaqo‘ziev, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov so‘zga chiqdilar.

So‘zga chiqqqanlar yoshlarning barkamol inson etib tarbiyalashda, ularda kitob mutolaasiga qiziqish uyg‘otishda, ularning ma’naviy tarbiyasida, aholining axborot madaniyatini oshirishda kutubxonaning roli to‘g‘risida gapirdilar. Shuningdek, ular zamonaviy jamiyatda axborot-kutubxona muassasalarining roli va vazifalari haqida alohida to‘xtaldilar. Jumladan, O‘zbekiston Axborot va matbuot agentligi Bosh direktori L.Tangriev Haftalik ishtirokchilarini qutlar ekan, Milliy axborot-kutubxona haftaligining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasining rivojlanishidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi kitobxonlik madaniyati, kitoblarni nashr etish va aholiga yetkazib berish tizimini rivojlantirishga qaratilgan uch muhim hujjatining targ‘iboti sifatida bo‘lib o‘tmoqda. Ishonamiz-ki, mazkur Haftaliq axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga tajriba almashish, malaka oshirish va o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratadi”, dedi L.Tangriev.

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ma’lumotlar xizmati maslaxatchisi S.Anderson Haftalik ishtirokchilarini qutladi, dastur doirasida hamkorlikdagi tadbirlar tashkil etilganidan mamnunligini izhor etdi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi kutubxonasi bilan hamkorligi to‘g‘risida so‘zladi.

O‘zbekiston xalq artisti M.Abduqunduzov yig‘ilganlarni kitob bayrami bilan tabriklab, dedi: “Kutubxona ma’naviyat markazi hisoblanadi. Bu bebaho maskan, unda halqning asriy merosi saqlanadi. Zamonaviy kutubxona hozirda nafaqat zamonaviy multimedia jihozlaridan foydalangan holda axborotni tez va sifatli olish markazi, balki turli madaniy-ma’rifiy va ta’limiy tadbirlar o‘tkaziladigan maskandir”.

“INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov, Haftalikning respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan fikr va tajriba almashishda, yangi ish yo‘llarini takomillashtirish va aholini intellektual salohiyatini oshirishda, ta’lim, ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini to‘liq qondirishda, ularga qulay sharoitlar yaratish uchun ayni damda tadriba almashinuv maydonchasi hisoblanajagini e’tirof etdi va yig‘ilganlarni “INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishtirdi.

“INFOLIB–2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochiq deb e’lon qilindi. Haftalikning birinchi ish kuni “Betgerxonlik − 2017: Xalqaro kutubxona hamkorligi: yangi imkoniyatlar i rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati, A.Umarov va X.Jamolxonovlarning “O‘zbek yozuvining XX asr tarixi” kitobi hamda Z.Isomiddinovning “Turkiy xalqlarining so‘z san’ati va lahjalari kitobi taqdimotlari, xalq baxshisi A.Poyonov va O‘zbekiston xalq artisti X.Lutfullaev bilan ijodiy uchrashuvlar bilan boshlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq