O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2017” VI Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
27.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2017” VI Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Haftalikning tashkiliy ko‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, kutubxona xizmat rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov ishtirokchilarni “INFOLIB -2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligining maqsadi va mohiyati bilan tanishtirdi. “Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 2 martda tasdiqlangan Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash majlisining 11-son bayoniga asosan o‘tkazilmoqda”, — dedi u va mazkur haftalik kutubxonachilik sohasi mutaxassislari uchun o‘ziga xos tajriba va fikr almashinuvi maydonchasi bo‘lib xizmat qilishiga, ularni axborot-kutubxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalar va yangiliklardan xabardor etishiga umid bildirdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva so‘zga chiqib, Haftalik dasturidan o‘rin olgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. “Haftalik doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun kataloglashtirish, bibliografiya va qo‘lyozmalar va nodir nashrlarning ma’rifiy va madaniy ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar-mashg‘ulotlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan bir qancha tadbirlar: seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar, treninglar, mahorat darslari hamda nashriyotlar, tashkilotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yarmarkalarini tashkil etilishi, jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar, treninglar, taqdimotlar, tasviriy san’at va xalq amaliy hunarmandchiligi yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari va turli ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur haftalikning avvalgilaridan farqi – mohiyati tubdan yangicha bo‘lgan tadbirlarning o‘tkazilishidadir. Hususan, Haftalik doirasida baxshi Abdunazar Poyonov bilan uchrashuv, yosh olimlar ishtirokida seminarlar, ruhshunoslar treninglari, akademiklar bilan uchrashuv, “Kutubxonada bir kecha” ruknidan Sharof Rashidov va Komiljon Otaniyozovlarning 100 yilligiga hamda Erkin Vohidov 80 yilligiga bag‘ishlangan nazm, nasr va navo kechasi, kutubxonaning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan «Kutubxonada selfi» aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimidir”, — dedi U.Teshabaeva.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq