Elektron raqamli imzo endilikda​ «yagona oyna» markazlarida beriladi
25.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 864-sonli «Tadbirkorlik subyektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orkali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini (ERI) ro‘yxatga olish va sertifikat berish faqat “yagona oyna” markazlarida amalga oshiriladi. Aytish joizki avvallari bu xizmat bevosita davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ERI bu – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir. (O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonuni)

ERI davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.

ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojattlari bo‘yicha beriladi.

ERI sertifikatni berish uchun tulovi eng kam oyli ish xaqining 10 foizi ya’ni 14 977 so‘m miqdorida, QQSsiz.

ERI uchun to‘lovlarni Click, U-Pay, MBank, Payme kabi zamonaviy to‘lov vositlari orqali ham amalga oshirish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq