Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi bilan uchrashuv
24.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 20 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi boshlig`I Qabil Berdiyev TATU ga tashrif buyurdi.

Bo`lib o`tgan uchrashuvda universitet rektori T.Teshabayev, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor F.Agzamov, Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor B.Usmanov va Monitoring va ichki nazorat bo`limi boshlig`I Sh.Redjepovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Kelishuv imzolandi. Shu bilan birga universitet rektori T.Teshabayev tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi hamda universitet va akademiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishlari to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari aniqlandi.

Akademiya boshlig`I Qabil Berdiyev tomonidan TATU rahbariyatiga tashrif va uchrashuv tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirib o`tildi.

Uchrashuv davomida, universitet hamda akademiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn o‘quv kurslarini, to`garaklar tashkil etish, ilmiy ishlarni hamkorlikda olib borish, ARMda mavjud elektron shakldagi kitoblardan keng foydalanish, o`quv uslubiy ishlar bo`yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha boshlang‘ich qadam qo‘yish va kelajakda professor-o‘qituvchilarni almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Shuningdek, Kompyuter savodxonligi, Multimedia texnologiyalari, Algoritmlash va dasturlashtirish hamda Robototexnika yo`nalishida to`garaklar tashkil etish va ushbu yo`nalishlarga oid kurs materiallarini almashish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq