WIPO Lex- qonunlar va shartnomalarning bepul global majmuasi
20.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

WIPO Lex — bu dunyo mamlakatlarining intellektual mulk (IM) sohasiga oid bo’lgan milliy qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarning keng qamrovli majmuasiga bepul kirishni ta’minlovchi global interaktiv ma’lumotlar bazasi bo’lib hisoblanadi.

WIPO Lex 200 ga yaqin bo’limlarni o’z ichiga olgan, alohida davlatlar va hududlarga oid 12 mingdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan IM (patentlar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, geografik ko’rsatkichlar, mualliflik huquqlari, an’anaviy bilim, tijoriy sir va boshqalar) bilan bog’liq ko’plab mavzularni qamrab olgan xalqaro shartnomalar, konstitusiyalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarini hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT), Butunjahon savdo tashkiloti (BST) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) a’zolari tomonidan tuzilgan ko’p tomonlama, mintaqaviy va ikki tomonlama shartnomalarni ma’lumotlar bazasi bo’yicha to’liq qidiruvni amalga oshirish va ulardan foydalanish imkonini beradi.

WIPO Lex ixtirochilar, mualliflar va tadbirkorlarga intellektual mulk muhofazasini ta’minlovchi normativ-huquqiy vositalar to’g’risidagi ma’lumotlar qidiruvida, shuningdek IM sohasida huquq va majburiyatlarini anglashga asoslangan hududiy iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda investorlarga foydali bo’lishi mumkin.

WIPO Lex interfeysi ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy va ispan tillarida taqdim etilgan.

WIPO Lexga ulanishni www.wipo.int/wipolex/ru orqali amalga oshirish yoki www.ima.uz saytidan to’g’ridan to’g’ri WIPO Lex sahifasiga o’tish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq