“Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kursi
20.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yil 30-oktabr – 1-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida, 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi soha korxonalari: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu kursda ishtirok etishni istagan talabalar fakultet dekanatlariga murojat etishingizni so‘raymiz. O‘quv kursi ingliz tilida olib borilishini inobatga olib, ishtirokchilarning ingliz tilini bilish darajasi suhbat asosida aniqlanadi.

O‘quv-trening kursining tashkilotchilari: Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOICA eksreti Jeon Byung Vuklardir.

O‘quv-trening kursi maqsadi: – universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi soha korxonalari xodimlari uchun Ochiq kodli dasturiy mahsulot yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

O‘quv-trening kursi haqida: Yurtimizda AKT sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, 2016-yil iyun oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi asosida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kursini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Shunga asosan Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligidan 9 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyuradi. Janubiy Koreyalik mutaxassislar tomonidan 3 kun mobaynida o‘quv-trening kursi olib boriladi, bu kelajakda yosh dasturchilardan Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga zamin bo‘ladi.

O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilarga: “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” nima uchun kerakligi, IoT (Internet of Things) bilan tanishtirish va ilovalar, platformalardan foydalanish, Mobil servislarni ishlab chiqish va foydalanish asoslari, Node dasturiy ta’minoti uchun dasturlash asosi, Ilovalar dasturiy interfeysini yaratish, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlar, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” boshqaruvini o‘rganadilar. Kurs davomida Sun’iy Intellekt, 4 avlod industriyasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq