Ko‘p sonli iltimoslarga ko‘ra Best Soft Challenge 2017 tanlovda ro‘yxatdan o‘tish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirilganligini ma’lum qilamiz
19.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ko‘p sonli so’rovlarga ko‘ra, Best Soft Challenge 2017 ishtirokchilarining ro‘yxatga olish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha (muddati 23:00) uzaytirildi va quyidagi muddatlar belgilanadi.

2-bosqich: 3-15 noyabr – dastlabki saralash bosqichi (final g‘oliblarini aniqlash);

3-bosqich: 20-30 noyabr – yakuniy saralash bosqichi (g‘oliblarni aniqlash).

Ishtirokchilar va ularning loyihalarini ro‘yxatga olish Software.uz (bestsoft.software.uz) sayti orqali amalga oshiriladi.

Ishlanma va loyihalarni baholashda ularning dolzarbligi, g‘oyaning originalligi, texnologik ishlanmaning afzalliklari, interfeys va foydalanish qulayligi, dasturiy ta’minotdan erkin foydalanish, uning ochiq kodli tizimda yaratilganligiga e’tibor qaratiladi.

Ro‘yhatdan o‘tgan ishtirokchilardan loyiha fayllarini yuklanishi va yuklangan arxivlarining ishlash holatini tekshirishlari hamda xatolik aniqlangan holatda ularni yangilashlari so’raladi.

Buning uchun avtorizatsiyadan o’tishingiz va tanlov saytida (bestsoft.software.uz) shaxsiy kabinetingizga o‘tishingiz kerak. Fayllaringiz to‘liq yuklanganligi va uning aktualligi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Har qanday texnik yoki tashkiliy masalalar bo‘yicha +998 (71) 238-4241/42 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq