“Toshkent metropoliteni” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasining chiqarilishi haqida
12.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 5 oktabrdan “Toshkent metropoliteni” turkumining pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Toshkent metropolitenining Yunus Rajabiy metro bekati tasvirlangan. Bekat Yunusobod yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, ko‘p ustunali ikkita yerosti vestibullaridan iborat. Bekat o‘zbek bastakori Yunus Rajabiy sharofatiga atab nomlangan va 2001 yil 26 oktabrda ishga tushirilgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent metropoliteni” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 80x90mm, markaning o‘lchami 30x42mm. Adadi 5 ming nusha. Dizayner – U.Yusupaliyev.

Pochta markasiga 1214 identifikatsiya raqami berilgan va 4000 so‘mga barobar nominali o‘rnatilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq